Moskvada yuzlab musulmonlar norozilik namoyishiga chiqdi

© znakMiting u posolstva Myanmi v podderjku musulman
Miting u posolstva Myanmi v podderjku musulman - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Moskvadagi Manma elchixonasi oldiga yuzlab musulmonlar namoyishga chiqdi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Bugun yuzlab musulmonlar Moskva markazida joylashgan Manma elchixonasi oldiga norozilik namoyishiga chiqishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Namoyishning maqsadi — Manma hukumati rohinya musulmonlariga qarshi olib borgan qonli siyosatiga qarshilik qilish va qurbon bo‘lgan musulmonlarning xotirasini yodga olish edi.

Dunyo axborot agentliklari xabariga ko‘ra, o‘tgan juma kuni kuni Manmada hukumat qo‘shnlari va rohinya musulmonlari orasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda 370 kishi qurbon bo‘lgan. Hukumat qo‘shlari orasida esa 15 kishi qurbon bo‘lgan.

Elchixona binosi joylashgan Nikitskaya ko‘chasi Rosgvardiya xodimlari tomonidan nazorat qilib turildi. Namoyishda qoidabuzarliklar yuz bermadi.

Roxinya musulmonlari — 19-asrning oxirida Britaniya kolonistlari tomonidan Bangladeshdan Manmaga ko‘chirib o‘tkazilgan. Oradan shuncha vaqt o‘tishi va rohinyalarning soni 1,5 million kishiga yetgan bo‘lishiga qaramasdan mahalliy butparast aholi ularni noqonuniy migrantlar deb hisoblaydi.  Rohinyalarning aksariyatida Manma fuqaroligi ham yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0