TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 2017-2021 yillarda "O‘zkimosanoat" AJ tomonidan jami qiymati 3,1 mlrd dollarlik yangi loyihalarni amalga oshiradi. Bular prezident qarorida qayd etilgan.
Qaror bilan sohani kelgusi 5-yilda rivojlantirish dasturi tasdiqlangan. Unga 43 ta xorijiy mahalliy sarmoyalar kiritilgan. Jumladan, yangi ishlab chiqarishlar bo‘yicha 25 ta loyihalar qiymati 2,7 mlrd dollar va ishlab chiqarishni takomillashtirish bo‘yicha 18 ta loyihalar qiymati 405,6 mln dollarlik loyihalar kiritilgan.
Shuningdek, "O‘zkimosanoat" tomonidan Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries bilan hamkorlikda 2020-yilda qo‘shma sanoat korxonasini barpo etish ishlari yakunlanadi. Ushbu korxonada yiliga 660 tonna ammiak va 577 tonna karbamid ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Loyihada 985,7 mln dollarlik "Navoiyazot" AJ ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 2018-yilga xitoylik CAMCE Engineering va HQC Shanghai korxonalari 100 ming PVX, 75 tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanol qiymati 500 mln dollarlik majmua barpo etiladi.
Dasturga asosan 1,9 mlrd dollarlik xorijiy sarmoyalar va kreditlar, 750,5 mln dollarlik O‘zbekiston rivojlantirish va taraqqiyot jamg‘armasi sarmoyalari, 120,4 mln dollarlik bank kreditlari va 321,4 mln dollar "O‘zkimosanoat"ning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, loyihalarni amalga oshirish natijasida mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni 1,6 baravarga yoki 2 mln tonnagacha oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zkimosanoat" AJ 2001-yil mart oyida tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiga 43 tashkilotlar kiritilgan. Bugungi kunda ushbu korxonalar tomonidan 1,5 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.