TOShKENT, 31 avg — Sputnik. "O‘zbekipaksanoat" tomonidan nanotexnologiyalar yordamida ipak yetishtirish jarayoni bo‘yicha yangi loyihalarni tatbiq etish ishlari olib borilmoqda, deb xabar qildi Jahon AA.
Bu yo‘l bilan tayyorlangan ipak gazlamaning sifati yuqori bo‘lishi ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan.
Bundan tashqari, kompaniya rahbariyati ipak qurtini yil davomida yetishtirish uchun zarur sharoitlar bilan shug‘ullanmoqda. Buning uchun olimlar pilla qurti uchun sun’iy yem ishlab chiqarish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Ushbu rejalarni bajarish uchun "O‘zbekipaksanoat" va Fanlar akademiyasi polimertlar kimyo va fizika institutlar o‘rtasida hamkorlik qilish memorandumi imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mart oyida O‘zbekiston prezidenti ipakchilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirish bo‘yicha qarorni tasdiqlagan edi. Qaror bilan "O‘zbekipaksanoat" assotsiatsiyasi tashkil qilgan edi.