Mirziyoyev kimosanoat uchun yagona eksport-import kompaniyasini tuzdi

© Sputnik / Aleksandr Grashenkov / Mediabankka o‘tishGranuli polipropilena
Granuli polipropilena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya milliy kimosanoat mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga yetkazish, u yerda savdo uylari va vakolatxonalarni ochish ishlari bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekistonda  kimoviy sanoati uchun eksport-import operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashqi savdo kompaniyasi — "O‘zkimoimpeks" tashkil qilinadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Na territorii svobodnoy ekonomicheskoy zoni Angren vveden v ekspluatatsiyu zavod pro proizvodstvu keramicheskoy plitki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi keramogranit zavodi ochildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni yangi kompaniyani tashkil etish to‘g‘risida qarorni imzoladi. Ushbu kompaniya mas’uliyat cheklangan jamiyat shaklida tuzilib, "O‘zkimosanoat" AJ tarkibida bo‘ladi.

Kompaniyaning asosiy vazifalari — kimosanoat mahsulotlarning dunyo konyukturasini o‘rganish, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ular asosida istiqbolli dunyo bozorlarini aniqlash va eksport hajmlarini kengaytirish. 

Shuningdek, kompaniya O‘zbekiskton kimosanoat mahsulotlarining savdosi va zamonaviy logistika tizimini yaratish ishlari bilan shug‘ullanadi.

Xorijiy kompaniyalar bilan istiqbolli savdo aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish, shuningdek savdo uylari hamda vakolatxonalarni tashkil qilish masalalari bo‘yicha ish olib boradi.

Riga, Latviya - Sputnik O‘zbekiston
Latviyaga 10 mln dollarlik O‘zbekiston mahsulotlari yetkaziladi
Yana bir muhim kompaniya faoliyati yo‘nalishlardan biri — tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlardan foydalangan holda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan kimyo mahsulotlarini himoya qilish va nosog‘lom konkurensiyaga qarshi kurashish, O‘zbekiston hududida tolling operatsiyalari amalga oshirish uchun chet el kompaniyalarni jalb qilish vazifalaridir.

2017 yil 1-oktabrdan kimosanoat mahsulotlarni barcha eksport operatsiyalari (shu jumladan "O‘zkimosanoat" kompaniyasi eksport operatsiyalari) "O‘zkimoimpeks" orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2018-yil 1-yanvardan "O‘zkimosanoat" ehtiyoji uchun asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, hom-ashyo va materiallar "O‘zkimoimpeks" tomonidan import qilinadi.

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan "O‘zkimoimpeks" kompaniyasiga mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi eksport kompaniyalari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan barcha soliq imtiyozlar va preferensiyalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0