TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Musulmon ummasi oxirgi vaqtlarda turli murakkab sinovlarga ro‘baro bo‘lmoqda, deb bayonot qildi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.
"Afsuski, keyingi vaqtlarda islom ummasi turli murakkab sinovlarga ro‘baro bo‘lmoqda. Bular birinchidan, turli ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining tarqalishidir. Ularning terrorchilik hujumlaridan, eng avvalo, musulmon olami davlatlarining o‘zlari talafot ko‘rmoqda", — dedi Nazarboyev sammit chog‘ida.
Ikkinchidan, islomofobiyaning tarqalishi, musulmonlarga qarshi jinoiy harakatlar yildan-yilga ortmoqda, deb qo‘shimcha qligan Qozog‘iston prezidenti.
"Bizni, shuningdek, yaqinda Myanmada yuz bergan mojarolar tashvishlantirmoqda. Barcha tomonlarni zudlik bilan zo‘ravonlikni to‘xtatishni va BMT doirasida suhbatga chaqiramiz", — davom etgan Nazarboyev.
Nazarboyev, shuningdek, bugungi kunda 1,5 milliarddan ortiq insonlarni birlashtirib turuvchi islom dunyosi o‘z birdamligini ko‘rsatmayotganini achinish bilan ta’kidlab o‘tgan.
Nazarboyev, o‘z vaqtida islom sivilizatsiyasi dunyoning eng rivojlangan markazi bo‘lganini va insoniyat tamadduni rivojiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shganini qayd etib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Myanma qurolli kuchlari Rakxayn shtatini islom jangarlaridan tozalash bo‘yicha keng qamrovli operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Islom jangarlarining Rakxayn shtatida politsiya va chegara mazkanlariga hujumi o‘tgan yilning oktabr oyida sodir bo‘lgan. Ikkinchi hujum 25-avgustda sodir bo‘ldi. Myanma davlat OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 10 kun davomida Rakxayn shtatida 400 kishi halok bo‘ldi, ulardan 30 tasi harbiylar va politsiyachilar 370 kishi esa — roxinya jangarilaridir.