TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 9-sentabr kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
Avval xabar qilinganidek, Mirziyoyev Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekiston prezidenti tashrif doirasida Ostona shahrida "EXPO — 2017" xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etishi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.