TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Rossiya qishloq xo‘jaligi vazir o‘rinbosari Sergey Levin Toshkentda II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi ochilish anjumanida qatnashdi.
"Rossiya va O‘zbekistonni o‘zoq yillar davomida yaqin va do‘stona aloqalar birlashtirib keladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jalik sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan"- deb ta’kidladi Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi vazir o‘rinbosari Sergey Levin.
Rossiya qishloq xo‘jaligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tashqi savdo aylanuvi 20 foizga ortdi va 398 mln dollarni tashkil etdi (2015 yilda — 334 mln dollar). O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, ayniqsa meva-savzavotlar hisobiga yetkazib berish hajmi ikki baravarga ortib, 114 mln dollarni tashkil qildi.
O‘zbekistondan pomidor 3 barvarga, uzum — 2 baravarga, olma va nok — 30 baravarga, shaftoli — 20 baravarga va boshqa yangi mevalar 10 baravarga ortdi.
Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga eksport hajmlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. 2016-yilda bu ko‘rsatkich 284,8 mln dollarni tashkil qilgan edi.
Rossiyalik eksport kompaniyalar shakar, yog‘ mahsulotlari, o‘simlik va soya yog‘i, shuningdek kartoshkani yetkazib berishga manfaatdordir.
Shuningdek, bugungi kunda bug‘doy, baliq va baliq mahsulotlari, qandolat mahsulotlari yetkazish hajmlarini oshirish imkoniyatlari mavjud. Mol go‘shtini yetkazish ham rejalashtirilgan.
Ushbu hamkorlikni samarali tashkil qilish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzildi.
Hozirgi vaqtda ishchi guruh faoliyati davomidagi amaliy kelishuvlarni, xususan "Agro-Layn" va "O‘zagroeksport" qo‘shma korxonalarining loyhalari bajarilmoqda.
Shuningdek, tashrif davomida Sergey Levin sharbat ishlab chiqaruvchi Marwin Brands kompaniya faoliyati va Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi uzum va fermerlik xo‘jaliklari bilan tanishib chiqdi.