O‘zbekiston meva-sabzavot yetkazib berish bo‘yicha 1,2 mlrd $lik shartnomalar imzoladi

© JahonnewsTashkentsya Mejdunarodnaya yarmarka ovoshey i fruktov
Tashkentsya Mejdunarodnaya yarmarka ovoshey i fruktov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, meva-sabzavotlarni eksport qilish bo‘yicha 300 million dollarlik shartnomalar rasmiylashtirilmoqda

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston kompaniyalari xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida o‘z mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 1,2 milliard dollarlik shartnomalar imzoladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Vostochniy ekonomicheskiy forum. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Rossiya qishloq xo‘jalik vaziri keladi

Bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov yarmarkaning yopilish marosimida so‘zga chiqib, uning natijalari haqida ma’lum qildi. Shuningdek,  mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha 300 million dollarlik shartnomalar rasmiylashtirilishi haqida aytib o‘tdi.

"Mamnuniyat bilan aytib o‘tmoqchimanki, Toshkentda har yili bo‘lib o‘tadigan xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar uchun samarali savdo maydoniga aylandi. Toshkentda ikkinchi marta o‘tkazilayotgan xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida dunyoning 30 mamlakatidan 10 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi", — deb ta’kidladi Nodir Otajonov.

Xalqaro yarmarkada 350 dan ortiq xorijiy kompaniya vakillari ishtirok etishdi. Ular asosan Rossiya, Singapur, Koreya, Yaponiya, Ukraina, Belarussiya, Avstriya, Shvetsiya, Portugaliya, Saudiya Arabistoni mamlakatlaridir. Yarmarkada O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 150 ta mahalliy meva-sabzavot ishlab chiqaruvchi kompaniya qatnashdi.

Bundan tashqari, yarmarkaga Rossiya qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari Sergey Levin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida  O‘zbekistondan Rossiyaga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida mahsulot va transport vositalari o‘tishi chog‘ida bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi ("yashil yo‘lak") amal qilmoqda.

O‘zbekiston meva-sabzavotlari asosan Rossiya va Qozog‘istonga yetkazib berilmoqda. Xususan, bugungi kunda meva-savzovotlarning 60 foizi Rossiyaga jo‘natilmoqda. O‘tgan yilda eksport hajmi 2 baravarga ortdi. Bu o‘sish sur’atlari iqlim sharoitlarga qaramasdan bu yil ham davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0