TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar organlari xodimlari Xitoyda malaka oshiradilar. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati xabar berdi.
Muloqot avvalida Sun Lisze elchixonaning yangi tayinlangan XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi rasmiy vakili Lyu Tunpinni tanishtirdi.
Tomonlar mamlakatlar o‘rtasida turli ijtimoiy sohalarda, shuningdek xavfsizlikni ta’minlash masalalarida o‘zaro foydali munosabatlar tobora taraqqiy etib borayotganini ta’kidladilar.
Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi. Jumladan, O‘zbekiston ichki ishlar organlari xodimlarini Xitoyda o‘qitishni davom ettirish, turli yo‘nalishlarda osoyishtalik posbonlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsadida XXR yetakchi mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha takliflar bildirildi.
O‘zaro ishonch ruhida o‘tgan muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga, o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha doimiy aloqa o‘rnatishga va muntazam ravishda axborot almashib turishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida elchixonaning XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi rasmiy vakilligida o‘z faoliyatini yakunlagan Nashunbayarga va yangi tayinlangan Lyu Tunpinga milliy urf-odatlarga mos ravishda iltifot ko‘rsatildi, deyiladi xabarda.