TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar akademiyasida xitoy va rus tillarini o‘rganish bo‘yicha kurslar ochiladi, deb xabar qildi RIA Novosti "O‘zbekiston" milliy telekanaliga tayangan holda.
Qayd etilishicha, bunday kurslarning ochilishi bo‘lg‘usi militsiya xodimlariga rossiyalik va xitoylik hamkasblardan tajriba o‘rganish imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Markaziy Osiyoda huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha eng yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Akademiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-sentabrdagi qarori asosida tashkil etilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.