General-mayor Azizov O‘zbekistonda Xitoy yaratgan xavfsiz shahar tizimi joriy etilishini aytdi

© Press-klubAbdusalom Azizov – O‘zbekiston IIV rahbari
Abdusalom Azizov – O‘zbekiston IIV rahbari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston shu paytgacha Rossiya hamda Xitoyning boshqa kompaniyalari mutaxassislari bilan hamkorlik qilgan. Ammo ayni kunda aynan Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi mutaxassislarining ishlanmalari ma’qul ko‘rilyapti

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida mamlakatda "Xavfsiz shahar" tizimini joriy etishning kelgusi istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar qildi IIV matbuot-xizmati.

Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xavfsiz mamlakatlar reytingiga kiritilmadi
Xabarda qayd etilishicha, Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov "Xavfsiz shahar" tizimini joriy etishga taalluqli ishlarni batafsil mumokama qilish uchun O‘zbekistonga kelgan Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi ("CASIC") delegatsiyasi bilan muzokara olib borgan. Vazir O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifi chog‘ida u yerdagi aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasida bo‘lib, "Xavfsiz shahar" tizimining taqdimot marosimi bilan qiziqib qolgani haqida eslatib o‘tgan.

Vazirlik matbuot-xizmati O‘zbekiston Respublikasi IIV, xususan, IIV huzuridagi respublika "Qo‘riqlash" birlashmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Toshkent shahar IIBB mutaxassislari "Xavfsiz shahar" apparat-dastur kompleksini tatbiq etish borasida muayan tajribaga egaligini ta’kidlab o‘tgan.

"Hali bu yo‘nalishda ko‘p ish qilindi deb bo‘lmaydi, ammo eng asosiysi, poytaxtimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda jamoat xavfsizligi darajasini oshirish yo‘lida dastlabki qadamlar qo‘yildi", — degan Azizov.

Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalishda vazirlik tizimi mutaxassislari yuqori texnologiyalar ishlab chiqaruvchi Rossiya Federatsiyasi hamda Xitoyning boshqa kompaniyalari mutaxassislari bilan ham hamkorlik qilishgan. Lekin bugungi kunda aynan Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi mutaxassislarining ishlanmalari ma’qul ko‘rilyapti.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
IIV rahbari: O‘zbekistonda hozirda militsiya yo‘q
General-mayor Azizov shu sababli mazkur korporatsiya delegatsiyasi O‘zbekistonga ayni vaqtida tashrif buyurganini ta’kidladi.

Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi Bosh direktori o‘rinbosari, delegatsiya rahbari Sun Sin o‘z navbatida korporatsiyaning faoliyati, ishlanmalari va mahsulotlari qaysi sohalarda, shu jumladan, davlat va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgani haqida gapirib berdi.

U O‘zbekiston IIV rahbarini Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi xodimlari respublika IIV bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligiga bildirdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar kelgusida o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarning ba’zi jihatlarini muhokama qilishdi. Ushbu ishlarning natijalari jamoat xavfsizligi hamda poytaxtimiz aholisi va mehmonlari xavfsizligini ta’minlashda muhim omil bo‘lishi shubhasiz.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0