Samvel Babayan muxlislarga murojaat yo‘lladi

© Federatsiya futbola UzbekistanaGlavniy trener sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning fikricha, terma jamoaga ko‘plab o‘yinlarda omad yetishmadi

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. "Interfutbol" nashri futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining endilikda sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayanning murojaatini e’lon qildi.

"Avvalambor muxlislarni ishonchini oqlay olmaganim uchun ulardan kechirim so‘ramoqchiman. O‘tgan yillar mobaynida murabbiylar shtabi bilan birga imkoniyatimiz darajasida katta hajmdagi ishlarini amalga oshirishga harakat qildik.

Futbolnie bolelshiki iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Janubiy Koreya futbol o‘yiniga chiptalar sotilishi boshlandi

Xususan, terma jamoa bir ahil oilaga aylandi. Bizning asosiy maqsadimiz terma jamoani JChga olib chiqib jonajon O‘zbekistonimizda ham futbol o‘ynay olishlarini va bu sport turini yaxshi ko‘rishlarini namoyish etish orqali yurtimiz dovrug‘ini yanada ko‘tarish edi", deb boshlanadi murojaat.

Babayan yetarli shart-sharoitlarni yaratib bergan O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovga minnatdorchilik bildirgan.

"Biz turnirni juda yaxshi boshlagandik va guruhdagi 2 turdan so‘ng guruh peshqadamiga aylangandik. Terma jamoadagi ishga boshqacha yondashuv kerak, ya’ni "spetsifik" hisoblanadi.

Bir so‘z bilan aytganda natija futbolchilar sog‘lig‘ini qanday holatda ekanligiga va o‘z vaqtida terma ixtiyoriga yetib kelishiga bog‘liq bo‘ladi.

Afsuski, shundan so‘ng yetakchi futbolchilarimizni jarohat olishi yoki terma jamoa ixtiyoriga optimal formada kelmasliklari natijasida tarkibda yo‘qotishlarga uchradik.

Bundan tashqari ba’zi o‘yinlarda shaxsan mening xatolarim tufayli ham ayrim uchrashuvlarda ochkolar yo‘qotdik", deydi u.

Uning fikricha, terma jamoaga ko‘plab o‘yinlarda omad yetishmadi.

Glavniy terenr sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Samvel Babayan iste’foga chiqarildi

"So‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar faqat yo‘l qo‘yilgan xatolar evaziga emas balki omad degan narsaga ham bog‘liq bo‘ldi", deyiladi murojaatda.

Samvel Babayan muxlislarga ikki yil mobaynida so‘nggi turgacha qo‘llab-quvvatlab turganlari uchun katta rahmat aytgan.

"Bizni ezgu maqsad sari, ya’ni JCh final bosqichidan bittagina gol yetishmadi xolos…Biz mundialga chiqish uchun, muxlislarimizni baxtiyor qilish uchun barcha o‘ylagan ishlarimizni qildik, ammo…

Men yana bir karra ulardan uzr so‘rayman va terma jamoamizni keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonib, ularga faqat quvonch va baxt olib kelishini tilab qolaman", deb yakunlanadi murojaat.

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 5-sentabr kuni Janubiy Koreya bilan hal qiluvchi bahsda durang o‘ynab, 2018-yilgi mundialga chiqish yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0