Samvel Babayan iste’foga chiqarildi

© Federatsiya futbola UzbekistanaGlavniy terenr sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan
Glavniy terenr sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon chempionatiga chiqishni uddalay olmagani uchun, deyilgan rasmiy xabarda.

TOShKENT, 7 sen – Sputnik. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilganini ma’lum qildi.

“Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi”, — deyilgan O‘FF rasmiy xabarida.

Ayni damda O‘zbekiston milliy terma jamoasining taqdiri ham noma’lum bo‘lib qolmoqda. "Milliy terma jamoanning keyingi taqdiri haqidagi yangi ma’lumot navbatdagi bayonot orqali ommaga e’lon qilinadi", — deyilgan xabarning davomida.

Shu bilan bir vaqtda, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi milliy jamoani to‘xtovsiz ravishda qo‘llab-quvvatlab turgan, doimiy ravishda dalda berib turgan — milliy terma jamoa muxlislariga cheksiz minnatdorchilik izhor qilgan.

Yangiliklar lentasi
0