O‘zbekiston-Janubiy Koreya futbol o‘yiniga chiptalar sotilishi boshlandi

© AP Photo / Vahid SalemiFutbolnie bolelshiki iz Uzbekistana
Futbolnie bolelshiki iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘yini 5-sentabr kuni "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Toshkentda 27-avgustdan boshlab 2018-yil jahon chempionati saralash bosqichining hal qiluvchi bahsi hisoblangan O‘zbekiston-Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘yinga kirish chiptalari sotilishi boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Tovarisheskiy match sbornix Uzbekistana i Gruzii po futbolu. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

"Bunyodkor" stadioni kassalarida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda uch toifadagi chiptalarni sotib olish mumkin. Xususan, chiptalarning narxi: birinchi klass 35 ming so‘m, ikkinchi klass — 30 ming so‘m. Yuqori qulaylik chiptalari esa 60 ming so‘mga sotib olish mumkin.

"Hozir kassalarda chiptalar bor. Lekin terma jamoamiz ishqibozlari chiptalarni sotib olishga tezroq harakat qilishlarini tavsiya beramiz. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bunday o‘yinlar to‘la stadionlarda o‘tadi, kassalarda chiptalar uzoq turib qolmaydi", — dedi "Bunyodkor" stadioni vakili.

Haqiqatdan ham stadion kassalari oldida odamlar gavjum.

"O‘zbekistonlik futbolchilarga Janubiy koreyaliklar bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yin oson kechmaydi. Hozircha Xitoyda bo‘lib o‘tadigan o‘yin natijasi noaniq. To‘g‘risini aytganda, agarda biz xitoyliklarga mag‘lub bo‘lsak, jahon chempionatida qiladigan ishimiz qolmaydi. Yaxshi niyat qilamiz, terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga albatta kelamiz, stadion to‘la bo‘lishi aniq. Umid qilamiz jamoamiz bizni ranjitmaydi", — dedi "Paxtakor" va milliy terma jamoalari ishqibozi bo‘lgan Sardor ismli yigit.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘yini 5-sentabr kuni "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 20:00 boshlanishi rejalashtirilgan.

Hozirgi vaqtda Samvel Babayan murabbiylik qilayotgan milliy terma jamoa uchinchi o‘rinda. Jumladan, O‘zbekiston Erondan 8 ochko, Janubiy Koreyadan 1 ochko ortda qolmoqda.

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 yakuniy qismiga A guruhining ikki eng yaxshi jamoalari chiqadi. Uchinchi o‘rin olgan jamoa V guruhida uchinchi o‘rin olgan jamoa bilan bellashadi.

Ushbu kurashda g‘alabani qo‘lga kiritgan jamoa Shimoliy va Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlarining to‘rtinchi jamoasi bilan kuch sinashadi.

Yangiliklar lentasi
0