Jamiyat

Markaziy bank xalqaro bank kartasidan qanday foydalanish boʻyicha tushuntirish berdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov /  / Mediabankka oʻtishBankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA
Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xalqaro bank kartasi ochish uchun 75 ming soʻmdan 100 ming soʻmgacha miqdorda bir martalik toʻlov toʻlanadi, shuningdek, har bir savdo qilinganda toʻlov uchun oʻtkazma summasining 0,5dan 1%gacha miqdorida komissiya ushlab qolinadi

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyuta sotib olish boʻyicha tushuntirish berdi.

Fuqarolar tijorat banklarining konversion boʻlimlarida xorijiy valyutani naqdsiz shaklda, xalqaro toʻlov kartalariga (konversion plastik kartalar) oʻtkazish orqali sotib olishlari mumkin. Toʻlovlar milliy valyutada ham naqd, ham naqdsiz shaklda — bank toʻlov kartalari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Xalqaro toʻlov kartasini ochish va foydalanishda bankka komissiya toʻlanadi:

Valyuta ayirboshlash shoxobchasi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Banklar qoʻshimcha valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ochadi

kartani ochish uchun — 75 mingdan 100 ming soʻmgacha (bir martalik toʻlov);

karta orqali savdo qilinganda olinadigan komission toʻlov — oʻtkazmaning 0,5 foizidan 1 foizigacha;

xorijdagi bankomatlardan xorijiy valyuta naqdlashtirilganda — operatsiya miqdorining 1 foizi ushlab qolinadi, deb maʼlum qildi Markaziy bank matbuot xizmati.

Xalqaro toʻlov tizimlari operatorlarining (VISA, MasterCard va boshqalar) talabi boʻyicha banklar tomonidan yechilmaydigan qoldiq (sugʻurta depoziti) miqdori 35 dan 100 dollargacha boʻlib, undan foydalanib boʻlmaydi va ushbu summa hisob yopilganidan keyin mijozga qaytariladi.

Jenщina schitayet banknotы posle obmena valyutы v filiale Natsionalnogo banka Uzbekistana v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonliklar hukumatning valyuta islohotini qoʻllab-quvvatlashdi

Hozirgi kunda xalqaro toʻlov kartalaridan faqat xorijda foydalanish mumkin. Ular orqali hech qanday cheklovlarsiz bankomatlardan valyuta naqdlashtirish, doʻkonlar, mehmonxonalar va boshqa joylarda toʻlovni amalga oshirish mumkin.

Kartalar dunyoning barcha mamlakatlarida cheklovlarsiz ishlatiladi, xorijiy valyutani naqdlashtirish boʻyicha cheklov oʻrnatilmagan.

Shuningdek, kartadagi valyutadan Oʻzbekistondagi bankning oʻzida kerakli hujjatlar (invoyslar) taqdim etilganida davolanish va oʻqish uchun toʻlovni amalga oshirish mumkin.

Respublika hududida xalqaro toʻlov kartasidagi mablagʻ faqat milliy valyutada oʻsha kundagi kurs boʻyicha yechib olinishi mumkin.

Xorijiy valyutada hisobi toʻldirilgan xalqaro toʻlov kartalaridan mamlakat hududida cheklovlarsiz foydalanishga ruxsat beriladi.

Yangiliklar lentasi
0