O‘zbekistonliklar hukumatning valyuta islohotini qo‘llab-quvvatlashdi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovJenshina schitayet banknoti posle obmena valyuti v filiale Natsionalnogo banka Uzbekistana v Tashkente
Jenshina schitayet banknoti posle obmena valyuti v filiale Natsionalnogo banka Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 5-sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari valyutani cheklanmagan miqdorda sotib olish va sotishlari mumkin. Erkin konvertatsiya to‘g‘risidagi prezident farmonni qabul qilindi

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta islohotiga munosabatini o‘rganish maqsadida Sputnik so‘rov o‘tkazdi.

Dollar - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 8100 so‘m etib belgiladi

So‘rov natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik fuqarolar valyuta islohoti respublikaning iqtisodiyoti uchun ijobiy ta’sir qiladi degan fikrni qo‘llab-quvvatlaganlar. Jumladan, 39,5 foiz so‘rovda qatnashganlar hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta islohotini ijobiy baholashgan.

23,4 foiz fuqarolar valyuta siyosatiga faylasuflik nuqtayi nazardan qarab, bu muqarrar jarayon ekanligi va buni o‘tkazib olish zarurligini ma’lum qilganlar.

Erkin konvertatsiya haqida yangilikni ishonchsizlik bilan qarshi olganlar ham bo‘ldi. Jumladan, 17,9 foiz odamlar hech narsa o‘zgarmaydi — "valyuta qora bozori" baribir qoladi, faqatgina boshqa tariflar bilan birga faoliyat yuritadi, deb fikr bildirganlar.

10,2 % odamlar kelgusi vaziyatni rivojlanishi bevosita valyuta kursiga bog‘liq bo‘ladi deb fikr bildirishgan.

7,4 % odamlar erkin konvertatsiya natijasida narx-navolar oshib ketadi va xalq o‘z mablag‘ini yo‘qotadi degan fikrni qo‘llab quvvatlashgan.

1,5 foiz so‘rovda qatnashganlar valyuta davlat tomonidan tartibga solinishi kerak degan bandga o‘z ovozlarini berganlar.

So‘rovda jami 1041 kishi ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0