TOShKENT, 6 sen — Sputnik. AQSh Federal xavfsizlik burosi (FBR) tomonidan "VKontakte" va Telegram dasturlari haqidagi ma’lumotlarni olish maqsadida rossiyalik ishbilarmon Pavel Durovga bosim o‘tkazilgan. Bu haqda Durov The Baffler nashriga ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, birinchi galda Durov "VKontakte"dagi o‘z ulushini sotganda va Rossiyadan chiqib ketganda FBR agentlarining e’tiboriga tushgan. Buro agentlari Durovni ular bilan hamkor qilish uchun og‘dirishga harakat qilishgan. Durov AQSh chegarasini kesib o‘tayotganda aeroportda "suhbat" qilish uchun to‘xtatilgan.
Boshida FBR agentlari ko‘proq "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i haqida va Durovning rossiyalik huquq tartibot organlari bilan munosabatlari haqidagi ma’lumotlarni bilib olmoqchi bo‘lganlar. Bu savollar Durovga yoqmagan.
"Men amerikaning ko‘rsichqonni bo‘lishni istamadim. Shuning uchun men ularga juda kam ma’lumot, jumladan ommaviy axborot vositalarda chop etilgan ma’lumotlarni berdim", — dedi Durov.
"Ular darrov Telegram haqida so‘roq qilishni boshlashdi. Bu meni bezovta qildi. <…> Ular menga sud qarorini ko‘rsatishdi va "Biz seni kriptografiya va mahfiylik bo‘yicha qarashlaringni juda hurmat qilamiz, bizga seni ishing juda yoqadi. Lekin jiddiy muammo bor bu — terrorizm, biz undan jamiyatni himoya qilishimiz kerak. Biz terrorchilik xavflarini aniqlash maqsadida aloqa almashinuvini yo‘lga qo‘yishimiz kerak", — deb ta’kidladi Durov.
Ishbilarmon Durov ushbu sud qarori "qalbaki bo‘lganligi va FBR xodimlari hamkorlik qilish uchun og‘dirish maqsadida foydalangan" deb hisobladi. The Baffler ma’lumotiga ko‘ra, Telegram bilan bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar AQShda ro‘yxatga olinmagan va o‘z vakolatxonalariga ega emas, shuning uchun ularga AQSh sudining huquqiy vakolatlari ta’sir qila olmaydi.
FBR xodimlari Los-Anjeles shahrida Telegram bir nafar mutaxassisini pul evaziga og‘dirmoqchi bo‘lishgan. Durovning so‘zlariga ko‘ra, ular Telegram ichki tuzilishi va shifr algoritmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun "o‘n minglab dollar" pul mablag‘ini taklif qilganlar. Ular bunga rad javobini olgan.