Tramp Federal tergov burosi direktorini ishdan bo‘shatdi

© Sputnik / Keytlin Ouks / Mediabankka o‘tishDonald Tramp, AQSh prezidenti
Donald Tramp, AQSh prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp Federal tergov burosi (FBR) direktori Djeyms Komini ishdan bo‘shatdi

TOShKENT, 10-may — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp kutilmaganda Federal tergov buro(FBR) direktori Djeyms Komini ishdan bo‘shatish haqida qaror qabul qildi, deb xabar berdi RIA Novosti. Tramp Komi o‘z xizmat majburiyatlarini bajarolmaganini qayd etgan.

Qayd etilishicha, Komi "Rossiya bilan aloqalar"da gumonlab Tramp ma’muriyati xodimlariga qarshi tergov ishlarini olib borgan.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp diniy erkinliklar haqidagi farmonni imzoladi
Ammo bu gumonlar Oq uy va Kreml tomonidan birdek rad etib kelinmoqda.

Shuningdek, Xillari Klinton 2016-yil prezidentlik saylovlaridagi o‘z mag‘lubiyatida Komini ayblagan edi. Trampning ushbu qarori demokratlarning keskin qarshiliklarini keltirib chiqarmoqda.

Komi mazkur lavozimga sobiq AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan 2013-yilda 10-yillik muddatga tayinlangan edi. Va u bu muddatni to‘liq ishlab berish niyatidaligini qayd etgandi.

Hozirgi kunda Federal tergov burosi direktori vazifasini vaqtincha bajarish Endryu Makkeybga yuklatildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0