Prezident Tramp AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ishidan norozi

© JIM WATSON / AFPPrezident SShA Donald Tramp i Gossekretar Reks Tillerson
Prezident SShA Donald Tramp i Gossekretar Reks Tillerson - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda amerikalik harbiylarning ishtiroki, Qatar va Kubani iqtisodiy qamal qilish masalalari bo‘yicha asosiy kelishmovchiliklar ro‘y bermoqda

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibi Reks Tillerson va ayrim maslahatchilarning ish faoliyatidan noroziligi haqidagi xabarlar kundan kunga kuchaymoqda. Bu haqda RIA Novosti Washington Post nashriga tayangan holda xabar qildi.

Amerikanskiy istrebitel - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va Janubiy Koreya hamkorlikda harbiy o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazdi

Xabarda aytilishicha, asosiy kelishmovchiliklar Afg‘onistonda AQSh harbiylarining ishtiroki, shuningdek, Qatar va Kubani iqtisodiy qamal qilinishi bo‘yicha yuzaga kelgan.

Donald Tramp bilan bo‘layotgan kelishmovchiliklar tufayli AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson o‘z lavozimini muddatdan oldin tark etishi mumkin deb xabar tarqatgan CNN telekanali.

Tramp shuningdek, 12-avgust kuni Sharlottsvillda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan Geri Konni sadoqatsizlikda ayblamoqda.

21 avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonga qo‘shimcha 4 ming nafar harbiylarni yuborilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp bundan avval ham o‘z ma’muriyati ish faoliyatidan noroziligini birdirgan. Prezident qarori bilan Oq uy apparat boshlig‘i Rayins Pribas, Oq uy matbuot-kotibi Shon Spayser va aloqalar bo‘yicha direktor Enton Skaramuchi ishdan olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0