Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyaga AQShdan yanada ko‘proq qurol sotib olishga ruxsat berdi

© AFP / SAUL LOEB Prezident SShA Donald Tramp podpisivayet rasporajenie, otmenyayushee Trans-Tixookeanskoe partnerstvo
Prezident SShA Donald Tramp podpisivayet rasporajenie, otmenyayushee Trans-Tixookeanskoe partnerstvo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
KXDR 3-sentabr kuni vodorod o‘qli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganligini ma’lum qilgan edi

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyaga AQShdan yanada ko‘proq zamonaviy qurol-yarog‘ sotib olishga ruxsat berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Amerikanskiy istrebitel - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va Janubiy Koreya hamkorlikda harbiy o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazdi

"Men Yaponiya va Janubiy Koreyaga AQShdan yanada ko‘proq yangi zamonaviy qurol-yarog‘ sotib olishga ruxsat beraman", — deb yozdi Tramp o‘z Twitterida.

KXDR va AQShning bir biriga nisbatan aytgan keskin bayonotlaridan keyin Koreya yarimorolidagi vaziyat juda chigallashib ketdi. Shimoliy Koreya AQShning harbiy bazalari joylashgan Guama hududiga ballistik raketalarni uchirishga va’da berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z navbatida "agarda KXDR rahbari Kim Chen In Guamaga biron narsa qiladigan bo‘lsa, Shimoliy Koreya bilan hech kim hech qachon ko‘rmagan hodisa sodir bo‘ladi", — deb javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 29-avgust kuni ballistik raketani uchirgan edi. Raketa Yaponiya hududi ustidan uchib o‘tib, Xokkaydo hududida qulagan. Bunga javoban AQSh va Janubiy Koreya hamkorlikda qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar ishtirokida katta harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazishgan edi.

Bundan tashqari, 3-sentabr kuni Shimoliy Koreya vodorod o‘qli raketani sinovdan o‘tkazilganligini ma’lum qildi. Sinovni o‘tkazish haqida buyruqni shaxsan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In imzoladi.

KXDR vodorod o‘qli raketani sinovi natijasida atrof muhitga radiatsiya tarqalishi yoki boshqa salbiy oqibatlarga olib kelmaligini ma’lum qildi.

BMTning Xavfsizlik Kengashi 4-sentabr kuni KXDRning yadroviy sinovini muhokama qildi.

Yangiliklar lentasi
0