TOShKENT, 4 sen — Sputnik. KXDRdagi navbatdagi yadroviy sinovlar O‘zbekistonda xavotir bilan qabul qilindi, deyiladi TIV rasmiysaytida e’lon qilingan bayonotda.
Shuningdek, O‘zbekiston rasmiy Pxenyanni dunyoda va mintaqada tinchlikka rahna solishi mumkin bo‘lgan provakatsion harakatlardan o‘zini tiyish bo‘yicha dunyo hamjamiyatining fikriga qo‘loq solishga qat’iy chaqirgan.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyoni yadro qurolidan holi hududga aylantirish tashabbuskori sifatida O‘zbekiston Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi bitim talablariga qat’iy rioya etish lozim deb hisoblaydi. Yadroviy qurolni qo‘llash xavflarni kamaytirish masalalariga katta e’tibor berilishi haqida bayon etilgan.
O‘zbekiston dunyo hamjamiyatining Koreya yarim orolida vaziyatni tartibga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlashi va bu faqatgina siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilinishiga umid bildirilgan.
Shimoliy Koreya vodorod o‘qli raketani sinovi natijasida radiatsiya tarqalishi yoki atrof-muhitga boshqa salbiy oqibatlarga olib kelmaligini ma’lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya tomonidan vodorod o‘qli bombani sinovdan o‘tkazilganligi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirgan. Jumladan, Vashington o‘zi va o‘ziga ittifoqdosh davlatlarni himoya qilish uchun barcha diplomatik va yadroviy qurol imkoniyatlarini ishga solishga tayyor.