Oltita vazirlik va davlat idoralari rahbarlari Buxoroda sayyor qabul o‘tkazadi

© Sputnik Sur’at MaxsudovPriyem grajdan v Buxare
Priyem grajdan v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyatga O‘zbekiston bosh prokurori, Oliy sud raisi, ichki ishlar vaziri, adliya vaziri, bojxona va soliq qo‘mitalari raislari tashrif buyurishadi

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. 7-8 sentabr kunlari oltita vazirlik va davlat idoralari rahbarlari Buxoro viloyati shahar va tumanlarida aholi bilan sayyor qabullar o‘tkazadi. Bu haqda livebukhara.uz sayti xabar bermoqda. Ular fuqarolar bilan shaxsan uchrashib murojaatlarni ko‘rib chiqishadi va ularning hal qilinishiga yordam berishadi.

Xabarda aytilishicha, viloyatga O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, adliya vaziri Ruslanbek Davletov, bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy, soliq qo‘mitasi raisi Botirjon Parpiyevlar tashrif buyurishadi.

Samarqand viloyatidagi sayyor qabullarda ko‘plab murojaatlar hal etildi

Sayyor qabullarda buxoroliklar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkin. Sayyor qabullar ertalab 9dan kech soat 9gacha o‘tkaziladi.

Xususan, bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev 7-sentabr kuni Vobkent tumanidagi "Porloq Kelajak" lagerida Buxoro, Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlari aholisi bilan uchrashadi. 8-sentabrda Buxoro davlat universitetida Buxoro, Kogon shaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor, Qorako‘l tumanlari aholisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov 7-sentabrda Vobkent maishiy xizmat kollejida Buxoro, Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlari aholisini qabul qiladi. 8-sentabr kuni K.Komilov Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filialida Buxoro, Kogon shaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor, Qorako‘l tumanlari aholisi bilan uchrashadi.

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 7-sentabr kuni Vobkent iqtisodiyot kollejida Buxoro, Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlarida yashovchi fuqarolarni qabul qiladi. 8-sentabr kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Buxoro, Kogon shaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor va Qorako‘l tumanlari aholisi ichki ishlar vaziriga murojaat qilishi mumkin.

7 sentabr kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov g‘ijduvon agrosanoat kollejida soat 9dan 14gacha Shofirkon, Vobkent va G‘ijduvon tumanlari aholisi bilan uchrashadi. Shu kuni soat 16dan 21ga qadar Buxoro tumanidagi sanoat kasb-hunar kollejida Buxoro shahri, Buxoro, Romitan va Peshku tumanlari aholisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Tadqiqot: 84 foizdan ortiq o‘zbekistonliklar Xalq qabulxonalarini ma’qullaydi

Davletov 8-sentabr kuni kunning birinchi yarmida Kogon shahridagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabida Kogon va Qorovulbozor aholisi bilan, soat 16dan 21gacha esa Qorako‘l tumanidagi 5-maktabda Qorako‘l, Olot va Jondor tumani fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Toxiriy 7-sentabr kuni 9dan 15ga qadar Buxoro neft-gaz kollejida Buxoro, Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon, Romitan va Qorovulbozor tumanlari aholisi bilan uchrashadi. Shu kuni 17dan 21gacha esa G‘ijduvon tumanidagi 10-bolalar musiqa va san’at maktabida Shofirkon, Vobkent, Peshku va G‘ijduvon tumani aholisini qabul qiladi. 8-sentabr kuni bojxona qo‘mitasi raisi Olot tumanidagi 15-bolalar musiqa va san’at maktabida Olot, Qorako‘l va Jondor tumanlari fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botirjon Parpiyev 7-sentabr kuni Qorako‘l tumanidagi 5-maktabda 9dan 15gacha Qorako‘l, Olot va Jondor tumanlarida yashovchi fuqarolarni qabul qiladi. soat 17dan 21ga qadar Parpiyev Buxoro davlat universitetida sayyor qabul o‘tkazadi. 8-sentabr kuni soliq qo‘mitasi raisi Vobkent iqtisodiyot kollejida 9dan 15gacha Vobkent, Shofirkon va G‘ijduvon tumanlari aholisi bilan, soat 17dan 21gacha Buxoro tumanidagi 16-maktabda Buxoro, Romitan va Peshku tumanlarida yashovchi aholi bilan uchrashadi.

Yangiliklar lentasi
0