Tadqiqot: 84 foizdan ortiq o‘zbekistonliklar Xalq qabulxonalarini ma’qullaydi

© uz24.uzNarodnaya priyemnaya
Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqarolarning 32,4 foizi kommunal soha va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr energiyasi, ichimlik suv, gaz va issiqlikni o‘z vaqtida berish bilan bog‘liq masalalarni dolzarb deb hisoblaydi

TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekistonliklarning aksariyati prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan aholi bilan faol va ochiq muloqot qilish bo‘yicha Xalq qabulxonalarini ma’qullaydi. Bu haqda "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tadqiqotiga tayanib dia.uz xabar bermoqda.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentning har bir tumanida Prezident Xalq qabulxonalari ishga tushdi

Xabarga ko‘ra, tadqiqotda qatnashgan 18 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar, shahar va qishloq aholisi, turli etnik guruhlar va konfessiyalar vakillarining aksariyati (84,3 foizi) davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan aholi bilan faol va ochiq muloqot qilish bo‘yicha yangi tizimning Xalq qabulxonalari instituti ko‘rinishidagi shaklini qo‘llab-quvvatlashi va ma’qullashini ko‘rsatdi.

So‘rovda qatnashganlarning 34,6 foizi so‘nggi vaqtda davlat hokimiyati organlari yoki xo‘jalik boshqaruvi idoralariga o‘z muammolarini hal etish bo‘yicha murojaat qilgan. Ularning yarmidan ortig‘i o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish yoki ta’minlashni so‘ragan.

So‘rov ishtirokchilarining 28 foizi mahallalar, sud, huquqni muhofaza qilish, nazorat organlari, pensiya jamg‘armasi, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklaridan yordam so‘ragan.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, fuqarolarning 32,4 foizi kommunal soha va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr energiyasi, ichimlik suv, gaz va issiqlikni o‘z vaqtida berish bilan bog‘liq masalalarni dolzarb deb hisoblaydi.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Virtual qabulxonaga IIV tizimi ustidan to‘rt oyda 46 ming shikoyat tushdi

So‘rov davomida olingan natijalar shundan dalolat beradiki, ishtirokchilarning yarmidan ko‘pi — 61,4 foizi davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yozma arizalar, Xalq qabulxonalari orqali murojaat qilgan bo‘lsa, 16,7 foizi gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan, 13,1 foizi esa ariza yoki shikoyatlarini bevosita tashkilotlar, vazirlik va idoralar saytlariga yuborgan.

Fuqarolarning 75,4 foizi davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ariza, har beshinchi ishtirokchi shikoyat bilan murojaat qilgan. So‘rov davomida 82,1 foiz ishtirokchi murojaatlarni ko‘rib chiqishda tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha shaxsan suhbatlashganini aytgan.

Davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilgan ishtirokchilarning 53,9 foizi arizasi bo‘yicha javoblarni qonunda belgilangan o‘n besh kun ichida olganini, 13,3 foizi esa javob bir oyda kelganini qayd etgan. Qonunchilikda bunday holatlarga shikoyat yoki arizani ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish zarur bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.

67,8 foiz ishtirokchining fikriga ko‘ra, ular murojaat qilgan davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun aniq choralar ko‘rgan. Tadqiqot jarayonida so‘rovda qatnashgan har ikkinchi ishtirokchi murojaat natijasidan qoniqish hosil qilgan bo‘lsa, har beshinchi ishtirokchi (20 foizdan ortig‘i) qisman qanoatlangani, 5-10 foizi javobdan qoniqmaganini bildirgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0