Samarqand viloyatidagi sayyor qabullarda ko‘plab murojaatlar hal etildi

Obuna bo‘lish
Samarqand shahridagi sayyor qabulda Samarqand, Jomboy va Bulung‘ur tumanlari aholisi tomonidan yo‘llangan 100 dan ortiq murojaat natijalari mas’ul idoralar vakillari ishtirokida tahlil etildi

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Samarqand viloyatida O‘zbekiston prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabullarda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari hal etildi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sayyor qabullarda yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga murojaatlari ko‘rib chiqildi, ularning natijalari tahlil etildi.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Tadqiqot: 84 foizdan ortiq o‘zbekistonliklar Xalq qabulxonalarini ma’qullaydi

Turli vazirlik va davlat qo‘mitalari, huquq tartibot organlari, mahalliy hokimliklar mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan qabullar chog‘ida har bir murojaat yuzasidan mutasaddilar javoblari eshitilib, muammolarga shu yerning o‘zida yechim topildi.

Kattaqo‘rg‘on shahridagi sayyor qabulda Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi tomonidan yo‘llangan 150 ga yaqin murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, aksariyati ijobiy hal etildi.

Paxtachi tumani Ziyovuddin qo‘rg‘oni aholisining hududda yer osti suvlari ko‘tarilishi oqibatida bino va inshootlarga zarar yetayotgani haqidagi murojaati mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganilgan holda muammo bartaraf etiladigan bo‘ldi.

Narpaylik F.Hakimova va I.Ziyotovning nafaqa pullarini vaqtida ololmayotgani to‘g‘risidagi shikoyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar yuzasidan fuqarolarga tushuntirish berildi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Prezident devonida fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xizmat tashkil etildi

Samarqand shahridagi sayyor qabulda Samarqand, Jomboy va Bulung‘ur tumanlari aholisi tomonidan yo‘llangan 100 dan ortiq murojaat natijalari mas’ul idoralar vakillari ishtirokida tahlil etildi.

Bulung‘ur tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar markazi to‘garak rahbari M.Ergashevaning shu paytgacha hal etilmagan muammosiga ham mazkur qabul chog‘ida yechim topildi.

M.Ergashevaning aytishicha, markazda yosh tabiatshunoslar to‘garagi bo‘lib, muassasa yaqinidagi foydalanilmay turgan yer maydonini markaz ixtiyoriga berish va bu yerda issiqxona, kichik bog‘ tashkil etib amaliy mashg‘ulotlarni shu yerda olib borish taklifini bildirib tuman hokimligi va boshqa idoralarga murojaat qilingan. Lekin rad javob olingan. Bugungi sayyor qabuldan so‘ng murojaat ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Jomboy tumanidan B.Omonovning fermer xo‘jaligidan ish haqini undirish, G.To‘xtayevaning nogiron o‘g‘lini davolatish, S.Mirzayeva, M.Xo‘jamurodovaning ishga joylashish bo‘yicha murojaatlari ham ijobiy hal etildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0