Shimoliy Koreya Yaponiya ustidan ballistik raketa uchirdi

© JUNG YEON-JE / AFPShimoliy Koreya yetakchisi ballistik raketa uchirilishi vaqtida
Shimoliy Koreya yetakchisi ballistik raketa uchirilishi vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya shu kunga qadar Yaponiya ustidan 2009-yilda ballistik raketa uchirgan. Ammo o‘sha vaqtda KXDR "Tepxodon-2" raketasini uchirgani haqida gap borgan edi. Kim Chen In esa Shimoliy Koreyani 2011-yildan buyon boshqarib keladi

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. KXDR seshanba kuni ertalab Kim Chen In rahbarligida birinchi marta Yaponiya hududi ustidan raketa uchirdi. Raketa Yaponiyaning sharqiy tomonidan 1,2 ming kilometr masofada uchib o‘tib Tinch okeani hududida qulagan. Tokio BMT Xavfsizlik kengashi favqulodda yig‘ilishi jarayoni boshlab yuborilganini e’lon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Ballistik raketa uchirilishi - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya urush bo‘lish-bo‘lmasligi AQSh harakatlariga bog‘liqligini ma’lum qildi
Shimoliy Koreya shu kunga qadar Yaponiya ustidan 2009-yilda ballistik raketa uchirgan. Ammo o‘sha vaqtda KXDR "Tepxodon-2" raketasini uchirgani haqida gap borgan edi. Kim Chen In esa Shimoliy Koreyani 2011-yildan buyon boshqarib keladi.

Ballistik raketa Pxenyan yaqinidagi Sunan shahri hududidan Yaponiya dengizi tomon uchirilgan, deb ta’kidlanadi Janubiy Koreya shtablari rahbarlari birlashgan qo‘mitasining bayonotida.

"Janubiy Koreya harbiylari so‘zlariga ko‘ra, seshanba kuni sinovdan o‘tkazilgan raketa o‘rta masofaga uchuvchi "Xvason-12" ballistik raketasi yoki 3 ming kilometr masofagacha ucha oladigan "Xvason-10" ballistik raketasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda", — deb xabar bergan Ronxap agentligi.

Yaponiya o‘z aholisini Shimoliy Koreyadan bo‘ladigan zarba haqida ogohlantirmoqda
Yaponiya hukumati aholini ogohlantirgan va ulardan xavfsizlik choralarini ko‘rishni so‘ragan. Yaponiya shimoli-sharqidagi "Sinkansen" tezurar poyezdlari harakati to‘xtatilgan, deb qo‘shimcha qilgan Kiodo agentligi. Shuningdek, Yaponiya ustidan raketaning uchib o‘tishi mahalliy va xalqaro aviatashuvlarga ta’sir o‘tkazmagani ma’lum qilinmoqda.

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe KXDR tomonidan yangi raketa uchirilishi munosabati bilan hukumat o‘z fuqarolari xavfsizligi uchun barcha choralarni ko‘rishini ma’lum qilgan.

Abe "Shimoliy Koreya ballistik raketani uchirgan, aftidan, u bizning mamlakat hududi ustidan uchib o‘tgan", deb aytgan. Yaponiya Bosh vazirining ta’kidiga ko‘ra, hukumat shu zahotiyoq ma’lumotlarni to‘plashni va tahlil qilishni boshlagan.

Yangiliklar lentasi
0