TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Pxenyan navbatdagi yadro bombani sinovdan o‘tkazgach, AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR bo‘ylab zarba berilishi ehtimolini inkor etmadi. deb xabar beradi RIA Novosti.
Jurnalist tomonidan: "AQSh Shimoliy Koreyaga hujum uyushtirishni rejalashtiraptimi?", deb berilgan savolga Tramp "Ko‘ramiz", deb javob qaytargan.
Ilgariroq Tramp Pxenyan harakatlarini dushman harakatlariga qiyoslab, bu davlatni AQSh uchun xavfli deb baholagan edi.
"Shimoliy Koreya yirik yadroviy sinovni amalga oshirdi. U AQSh uchun dushmanlik kayfiyatida, u biz uchun xavfli", — yeb yozgan Tramp o‘zining Twitterdagi sahifasida.
Tramp shuningdek, KXDRga "Xitoy uchun katta boshog‘riq va yirik xavfga aylangan, boshqarib bo‘lmaydigan davlat" deya ta’rif bergan.
Shu bilan birga AQSh prezidenti Janubiy Koreya ham shimoliy qo‘shnisi bilan olib borishga uringan tinchparvar siyosati besamar kechayotganini tushuna boshlaganini ishonch bilan ta’kidlab o‘tgan.
Shuningdek, avgust oyi o‘rtalarida Pxenyan amerika harbiylari bazasi joylashgan Guam oroli hududiga o‘zining ballistik raketalarini uchirishini aytib, tahdid qilgan edi.
Tramp o‘shanda "agar Shimoliy Koreya Guam bilan nimadir qilsa, KXDR shu paytgacha ko‘z ko‘rmagan hodisani boshdan kechiradi", — deya bayonot qilgandi.