Tramp Shimoliy Koreya bilan "katta mojaro" bo‘lishi ehtimoli haqida gapirdi

Obuna bo‘lish
"Shimoliy Koreya bilan katta, katta mojaro bilan tugatish imkoni mavjud. Bu aniq", - dedi Tramp

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Reyter nashriga bergan intervyusida, KXDR bilan "katta mojaro" bo‘lishi xavfi mavjudligi haqida gapirdi, ammo shaxsan o‘zi kelishmovchiliklarni diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanligini qo‘shimcha qildi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya qay tarzda AQShga "zarba berishi" haqida video tarqatdi
"Shimoliy Koreya bilan katta, katta mojaro bilan tugatish imkoni mavjud. Bu aniq", — dedi Tramp.

"Biz muammolarni diplomatik yo‘l bilan hal etishni xohlardik, ammo bu juda og‘ir", — deb qo‘shimcha qilgan Amerika yetakchisi.

Tramp, shuningdek, KXDR atrofidagi muammolarni bartaraf etishda Xitoy qanday rol o‘ynayotganiga alohida urg‘u berdi va XXR Raisi Si Szinpin "qo‘ldan kelgancha" harakat qilayotganini ta’kidladi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘zini tutishini oqilona deb hisoblaysizmi, degan savolga javob berar ekan, Tramp, taxminlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, u aql bilan harakat qilayapti, deya javob bergan. Tramp, shuningdek, Kim Chen In hokimiyat tepasiga juda yosh vaqtida kelganligiga e’tibor qaratgan.

"Uning aqlliligiga umid qilaman", — deb ta’kidlagan AQSh prezidenti.

Qo‘shma Shtatlar KXDR muammosini hal etishda Xitoyga katta umid bog‘lamoqda. Aprel oyi boshlarida XXR Raisi Si Szinpin AQShga safari uyushtirib, Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Ogohlantirish: Shimoliy Koreya AQSh harbiy bazasi va Seul kulini ko‘kka sovurmoqchi
Vashington va Janubiy Koreyaning urush yuz beradigan taqdirda Pxenyan rahbariyatini yo‘q qilishga mo‘ljallangan yirik ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlaridan so‘ng KXDR atrofidagi vaziyat yanada o‘tkir tus oldi. Shimoliy Koreya bu mashg‘ulotlarga ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazish bilan javob qaytardi. Va agar xavf tug‘iladigan bo‘lsa, Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh hududlaridagi dushman harbiy bazalariga zarba berishga tayyorligi haqida ogohlantirdi.

Aprel oyi boshida AQSh Koreya yarimoroli hududiga atomli avianoses — "Karl Vinson" boshchiligidagi jangovor guruhni yubordi. "Karl Vinson" KXDR qirg‘oqlari yaqinida bir oycha bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya o‘z hududida Amerikaning raketalarni tutib qoluvchi THAAD tizimini joylashtirapti. AQSh bu tizim joylashtirilishini Pxenya tomonidan bo‘layotgan tahdidlar bilan izohlagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0