TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qator chel el mamlakatlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari qaytarilmasligi uchun qo‘shaloq bayram kunlari xalq sayllari davomida xavfsizlik choralari kuchaytirildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Bugungi Toshkentda 20 ta xiyobonlar va maydonlarda xalq sayllari bo‘lib o‘tmoqda. Poytaxt militsiyasi tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlashga o‘ta jiddiy yondoshilgan.
Bayramlar bo‘lib o‘tadigan ko‘cha kirish qismlariga beton bloklar ikki kun avval olib kelinib, maxsus kranlar yordamida o‘rnatilgan.
Shu bilan birga, sal oldin ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkentga yuk avtomashinalari kirishida cheklovlar bo‘lishi haqida ogohlantirgan edi.
Yengil avtomobillar esa sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilishi, shu jumladan davlat raqamlarni aniqlash maxsus tizimi yordamida nazorat qilinishi haqida ma’lum qilingan.
Militsiya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bayram tadbirlari 18-00 da yakunlanadi.
"Lekin odamlar bayram qilishni davom ettirishlari mumkin, tadbirlar o‘tkazilgan barcha katta maydonlar yopiladi", — deb ta’kidladi xodim.
Bundan tashqari, bayram arafasida Toshkent IIBB tomonidan barcha xavflarni qaytarishga qodir bo‘lgan, zamonaviy qurol va texnika bilan ta’minlangan maxsus bo‘linma qo‘shinlari ilk bor namoysh qilingan edi.