TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Xorazimda kechasi bemaqsad yurgan 4 ming nafarga yaqin shaxs ushlandi, deb xabar qildi "O‘zbekiston 24" nashri.
Xabarda ta’kidlanishicha, Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi, Sud idoralari xodimlari, mahalliy hokimlik vakillari, mahalla posbonlari, ko‘ngillilar guruhi va boshqa idora-tashkilot vakillari ishtirokida Xorazm viloyatini jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tunda bemaqsad yurgan 3706 nafar shaxs ichki ishlar idoralariga olib kelinib, profilaktik suhbatlar o‘tkazilgani qo‘shimcha qilingan.
Bugungi kunda Xorazm viloyatida asosiy e’tibor jinoyatlar sodir qilgandan keyin oqibatlari bilan kurashishga emas, balkiy jinoyatlarning barvaqt oldini olish asosiy vazifa qilib qo‘yilgan, deb eslatib o‘tgan nashr.