TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Mustaqillik bayrami munosabati bilan poytaxtga kiruvchi transport vositalari yo‘l xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan sinchkovlik bilan tekshiriladi. Shu bilan bir qatorda bayram arafasida va bayram kunlari shaharga mashinalar kirishida cheklovlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda IIV vazirning birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuxamedov O‘zbekiston axborot agentligiga ma’lum qildi. Podrobno.uz xabariga asosan.
IIV vaziri birinchi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan aytilgan tanqidiy fikrlar bo‘yicha bugungi kunda tizimning ish faoliyati butunlay qayta ko‘rib chiqilmoqda. Asosiy fikr shundaki, odamlar har bir ichki ishlar organlari xodimlariga o‘z himoyachilari sifatida qarashlari zarur.
"Ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerak-ki, xalq davlatdan minnatdor bo‘lsin. Bu tizim xodimlari faoliyatini, ayniqsa, mahallardagi profilaktika inspektorlar faoliyatini tubdan o‘zgartirishni nazarda tutadi. Bu esa odamlar tashvish va muammolarini hal qilish bilan bog‘liq", — deb ta’kidlagan Davron Nazarmuxamedov.
Shuningdek, mahalalarda jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan keng qamrovli profilaktik ishlar natijasida 1765 ta mahalalarda bironta huquqbuzarlik sodir etilmagan.
"Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda yildan yilga mohiyati ortib borayotgan xalq bayramini munosib kutib olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Asosiysi — bugungi kunda dunyoda turli xavf va xujumlar ortayotgan paytda xalqimizni tinch xayoti ta’minlangan. Gellapa instituti (AQSh) e’lon qilgan qonun itoatkorligining Indeksida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni olgan", — deb yakun yasagan o‘z nutqiga Nazarmuxamedov.