Rossiyaga ishlash uchun ketayotganlarga yurist Botirjon Shermatov tavsiyalari

© Foto iz arxiva Botirdjona ShermatovaYurist Botirjon Shermatov
Yurist Botirjon Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat muhojirlari orasida oliy ma’lumotli mutaxassislardan tortib, kechagina kollejni bitirgan va ish topa olmay chet elda "non" topishni ixtiyor qilgan fuqarolarni uchratish mumkin. Ammo Rossiyaga ishga otlanayotgan yurtdoshlarimiz oldinda ularni qanday imtihonlar kutayotganini aksariyat hollarda bilishmaydilar, hatto...

TOShKENT, 31 avg — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. So‘ngi vaqtlarda mendan "Bizga ham Rossiyada ish bormi?" deb so‘raydiganlar ko‘paydi. Shu savolni berayotganlarning aksariyati, (taassufki, bu ayni haqiqat) "Samolyot (yoki poyezd)ga chipta sotib olib, Moskvagacha yetib olsam bo‘ldi, ish topish muammo bo‘lmaydi, bu yog‘iga cho‘ntagim dollarga to‘ladi" degan fikrda bo‘ladilar. Mana shu singari afsonalarga nuqta qo‘yish va Rossiyada muammosiz ishlab ketish uchun qanday qonun-qoidalarni bilib qo‘yish shart?

Asli andijonlik, ayni vaqtda Moskva shahrida migrantlarga yuridik xizmat ko‘rsatib kelayotgan huquqshunos Botirjon Shermatov bilan suhbatimiz migrantlar mana shu borada kechdi.

- Botirjon, Rossiyaga ishlash uchun yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiya tomon qanday tartib-qoidalar o‘rnatgan. Suhbatimizni shundan boshlasak.

— Bu yerda qoidalar bilan birga maslahatlarni ham berib ketmoqchiman. Rossiyaga kelishda chegarani kesib o‘tish paytidayoq hujjatlarga e’tiborli bo‘lish kerak. Rossiyaliklar uchun bizni ism-shariflar murakkab. Shuning uchun bu ismlarni yozishda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishadi.

Sentr sodeystviya migrantam - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda ishlash uchun patentni O‘zbekistonning o‘zida olish mumkin bo‘ladi
Buni oldini olish uchun O‘zbekistonda pasportni rus tiliga notarial tarjima qildirib olish va chegarani kesib o‘tish paytida ushbu hujjatni chegara xodimiga taqdim qilishni maslahat beraman. Migratsiya kartasini to‘ldirishda u yerda yozilgan ma’lumotlar to‘g‘ri va xatosiz ekanligiga e’tibor berish lozim. Bitta harfda xato bo‘lsa ham, bu keyinchalik ko‘p muammolarga olib kelishi mumkin. Mehnat qilish maqsadida kelgan shaxs migratsiya kartasida "Sel vyezda" degan joyida — "Rabota"ni belgilashi shart. Aks holda, patent rasmiylashtirib bo‘lmaydi.

Ushbu ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilganidan keyingina migratsiya kartasiga imzo qo‘yish lozim.

O‘zbekiston fuqarolari 7 ish kuni ichida turar joyi yoki ishlamoqchi bo‘lgan joyi manziliga migratsiya ro‘yxatidan(registratsiya) o‘tishlari kerak. Shuni ta’kidlash joizki, odatda migratsiya ro‘yxatida o‘tganlik haqidagi ma’lumot migratsiya organlari bazasiga 3 ish kuni ichida kiritiladi. Patentni rasmiylashtirish uchun qonunchilikda 30 kun muddat berilgan. Lekin Moskovskaya oblast kabi regionlarda 21 kundan kech bulmasligi kerak.

Bunga sabab qilib tibbiy komissiya xulosasi va imtihon javobi chiqqunicha 30 kunga borib qolishi ko‘rsatiladi. Agar migrant belgilangan muddatda patentga hujjat topshirishga ulgurmasa, 10 mingdan 15 ming rublgacha jarima to‘lashi yoki chegaraga chiqib migratsiya kartasini yangilab kelishi talab etiladi.

Patent rasmiylashtirish uchun pasport, migratsiya kartasi, migratsiya bazasiga kiritilgan migratsiya ro‘yxati(registratsiya), pasportning notarial tarjimasi(shu o‘rinda aytish joizki, patent rasmiylashtiriladigan markazlarda O‘zbekiston fuqarosidan faqatgina Rossiya hududida notarial tasdiqdan o‘tgan tarjimalarni qabul qilishadi, aks holda bu xizmat uchun 400 rubl miqdorida badal puli olinadi, tahr.), tibbiy sug‘urta polisi, rus tili, Rossiya tarixi qonunchiligi asoslarini bilish to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish talab qilinadi.

Migrantlarga ishlash huquqini beruvchi patent - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada uch mingdan ortiq patentlar bekor qilindi
Odatda patent 15-20 kunlarda tayyor bo‘ladi. Ba’zi regionlarda patentda kasb ko‘rsatiladi va fuqaro faqat hujjatda ko‘rsatilgan kasb bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.

Patent faqat berilgan hududdagina mehnat qilish xuquqini beradi.

Boshqa hududda ishlash uchun o‘sha hududga borib yangi patent rasmiylashtirish talab qilinadi. Undan tashqari patent rasmiylashtirishda so‘raladigan fuqaroning yuridik shaxs(yur. litso) yoki jismoniy shaxs(fiz. litso) qo‘lida ishlashi haqidagi ma’lumot faqat statistika uchun bo‘lib, masalan jismoniy shaxsda ishlashi ko‘rsatilib rasmiylashtirilgan patent egasi yuridik shaxsda ham ishlashi mumkin.

Patent chiqqan vaqtidan 2 oy ichida fuqaro migratsiya organlarini o‘zi mehnat qilayotgan joyi haqida xabardor qilishi va tegishli mehnat yoki fuqarolik-huquqiy (trudovoy, grajdansko-pravovoy) shartnomasi nusxasini topshirishi kerak.

Aks holda, berilgan patent bekor qilinishi mumkin. Bu narsaga jiddiy qarash kerak. Sababi, patent bekor qilinsa, bir yil davomida yangi patent rasmiylashtirib bo‘lmaydi.

Har oy patent uchun oldindan daromad solig‘i (avansoviy NDFL) to‘lanadi va patent muddati shu to‘langan soliq davriga qarab belgilanadi. Patent uchun to‘lovni patent orqasida yozilgan "Data vidachi" dagi kundan kamida bir kun avval to‘lash kerak.

Migrantlar patent olish uchun - Sputnik O‘zbekiston
Bilib qo‘ygan yaxshi: kimlar patent olish uchun imtihon topshirmaydi va imtihon tartibi
Misol uchun patent orqasida 31.08.2017 ko‘rsatilgan bo‘lsa, to‘lovni har oyning 30 yoki 29 sanasidan amalga oshirish lozim. Bir kun kechikib to‘lansa ham patent muddati tugagan hisoblanadi va yangitdan patent rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi. Patent muddati berilgan kunidan boshlab bir yildan oshmasligi kerak.

Muddati tugashiga 30 kun qolganda chegaraga chiqmay yangi patent rasmiylashtirish mumkin. Patent olgandan keyin ham payent muddatiga qarab migratsiya ro‘yxati (registratsiya) muddatini cho‘zdirib yurish shart. Registratsiya ish beruvchi tashkilot yoki fuqaro yashayotgan xonadon manziliga rasmiylashtirilishi kerak. Doim rasmiy shartnoma asosida ishlash kerak. Aks holda, bu narsa fuqaroning ma’muriy javobgarlikka tortilib, Rossaida ma’muriy chiqarib yuborilishiga olib kelishi mumkin.

- Rossiyaga ishga otlanganlar dastlabki vaktda o‘zlari bilan qancha pul olishlari kerak bo‘ladi?

— Patent rasmiylashtirish uchun Moskva shahrida 15-16 ming rubl boshqa hududlarda esa 25-26 ming rubl atrofida mablag‘ kerak bo‘ladi. Undan tashqari, uy-joy va oziq-ovqat bilan bog‘liq harajatlarni hisobga olish kerak.

- Ayting-chi, patent olish jarayonida qanaqa kutilmagan muammolar yuzaga kelishi mumkin?

Pasportlar - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada qalbaki pasport va patent yasagan o‘rta osiyoliklar qo‘lga olindi
- Patent rasmiylashtirish jarayonida fuqarolarimizda rus tili imtihoni va tibbiy ko‘rik bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi.

Imtihon savollarini bir qancha saytlardagi demo-testlar orqali ko‘rib tayyorlanish mumkin. Fuqaroda yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, da’volanib sog‘lom ekanligi tasdiqlanmaguncha patent olib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda ko‘p muammolar migratsiya ro‘yxatining migratsiya organlari bazasiga kiritilmaganligi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Shuning uchun patentga hujjat topshirishdan avval migratsiya ro‘yxatini tekshirib ko‘rishni tavsiya kilamiz.

- Oxirgi vaqtlarda, Rossiyada muntazam kelib mehnat faoliyatini oshiradigan o‘zbekistonliklar orasida bir muammo paydo bo‘lmoqda. Ya’ni, patent olish jarayonida yurtdoshlarimizga "siz zapretda ekansiz" deb aytilmoqda. Tabiiyki, patent uchun to‘langan kattagina pul ham qaytarib berilmayapti. Mana shunday holatga tushgan fuqarolarimizga yordam berish mumkinmi? Umuman, patent uchun to‘langan pulni qaytarib olishning iloji bormi?

— Patentni rasmiylashtirish uchun topshirilgan pulni qaytarib bo‘lmaydi. Sababi, bu pullar imtihon topshirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish kabi muayan xizmatlar uchun olinadi va ko‘rsatilgan xizmat uchun tegishli hujjatlar beriladi. Bunday holatda "zapret" olib tashlanmaguncha yoki muddati tugamaguncha hech qanday hujjat rasmiylashtirib bo‘lmaydi va fuqaro Rossiyani tark etishiga to‘g‘ri keladi.

Agar "zapret" asossiz qo‘yilgan bo‘lsa yoki uni ochish uchun asos bo‘lsa, malakali yuristlar yordamida bu ishni amalga oshirishga harakat qilib ko‘rish mumkin.

- Rossiyaga kelib, ilk kunlardanoq qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolar qayerga murojaat qilishlari mumkin?

— Qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga amaliy yordam beruvchi tashkilotlar juda kam. Albatta fuqaroga qanday yordam kerakligiga ham bog‘liq. Biz asosan yuridik yordam beruvchi tashkilot va yakka shaxslarni bilamiz. Bulardan migrantlar uchun bepul yurist, Valentina Chupik (+7(926)834-76-02), huquq himoyachisi Izzat Amon, "Grajdanskoe sodeystvie" komiteti, Halqaro qizil yarim oy jamiyati kabilarni keltirishimiz mumkin. Undan tashqari huquqiy masalalarda bizni tashkilotga ham tortinmay murojaat qilishlari mumkin.

Aziz yurtdoshlar! "Men migrantman" yoxud musofirlar choyxonasi loyihamizni endigina yo‘lga qo‘ydik. Agar sizda migratsiyaga oid savollar bo‘lsa, Rossiyada biror muammoga duch kelgan bo‘lib, yechimini topa olmayotgan бўлсангиз d.rakhmatova@sputniknews.com elektron manziliga o‘z savollaringizni yo‘llashingiz mumkin. Hech bir maktub e’tibordan chetda qolmaydi.

Yangiliklar lentasi
0