Moskvada uch mingdan ortiq patentlar bekor qilindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMigrantlarga ishlash huquqini beruvchi patent
Migrantlarga ishlash huquqini beruvchi patent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Puli to‘lanmagan patent egalari politsiya tomonidan aniqlanganda, ularga 5-7 ming jarima solinib, Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi. Keyin esa bir necha yilga mamlakatga kirish ta’qiqlanadi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik.  Rossiya IIV Migratsiya bo‘limi Moskva shahrida 3000dan ortiq puli to‘lanmagan patentlar borligini aniqladi, deb xabar qildi Moskva shahri Iqtisodiy siyosati departamenti  matbuot xizmati.  

Ayni damda ushbu patent egalariga nisbatan, agar ular Rossiya hududini vaqtida tark etishmagan bo‘lsa, jazo choralari qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, Rossiyada ishlashni yoki uch oydan uzoq muddatga qolishni istagan MDH fuqarolari patent rasmiylashtirishi va har oy belgiangan miqdorda to‘lov to‘lab borishi kerak. Patent to‘lovi to‘lanmagan hollarda u bekor qilinadi va migrant Rossiya hududini tark etishi kerak.

Patent olish - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada 2017-yilda patent to‘lovi narxini oshirmaslikka urinishmoqda

Iqtisodiy siyosat departamenti xabariga ko‘ra, patent to‘lovi to‘lamagan fuqarolardan 1600 nafari haligacha Rossiya hududida qolmoqda. Huquqni saqlash organlari qoidabuzarlarni topib olgan taqdirda ular 5-7 ming rubl jarima solinib mamlakat hududidan chiqarib yuboriladi. Shundan keyin esa ularga bir necha yilga Rossiya hududiga kirish ta’qiqlanadi.

IIV Migratsiya bo‘limi xabariga ko‘ra, puli to‘lanmagan patentlar egalarining barchasi SMS orqali ogohlantirilgan edi, lekin shunga qaramasdan ular o‘z patentlari muddatini uzaytiruvchi to‘lovlarni amalga oshirishmadi, yoki to‘lovlar noto‘g‘ri rekvizitlarga to‘langan taqdirda, Saxarovodagi  ko‘p funksiyali Migratsiya markazga kelib amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlashmadi.

IIV Migratsiya bo‘limi patent to‘lovi amalga oshirayotgan migrantlarga patent to‘lovi amalga oshirgan vaqtda INN va boshqa ma’lumotlarni to‘g‘ri ko‘rsatish kerakligini yana bir bor eslatib qo‘ymoqda. To‘lov kvitansiyalarini qanday to‘ldirishni bilmagan taqdirda, migrantlarga Migratsiya markaziga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0