O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi umumiy chegaraning 80 foizi kelishildi

© Sputnik / Yegor YeremoPogranichniki na slujbe
Pogranichniki na slujbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar chegaraning umumiy uzunligini 80 foizini tashkil etuvchi davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini kelishuvdan o‘tkazildi

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraning umumiy uzunligini 80 foizini tashkil etuvchi ikki tomonlama shartnoma loyihasi kelishuvdan o‘tkazildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

9 iyunya 2017. Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v uzkom sostave. - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev saylovlardan so‘ng Qirg‘izistonda beqarorlikdan hadiksirayapti

Xabarda aytilishicha, 2017-yilning 21-31 avgust kunlari avval Bishkek, so‘ngra Toshkent shaharlarida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu muzokaralar O‘zbekiston Hukumat delegatsiyasi ishchi guruhi va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyasining topografiya va yer tuzish ishchi guruhi o‘rtasida o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev i Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
"Uchrashuvlarda chegaraning umumiy uzunligini 80 foizini tashkil etuvchi Kelishilgan qism bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi muhokama qilindi va kelishildi hamda davlatlararo hujjatga tegishli ilovalar tayyorlandi" — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 16-avgustda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi bo‘yicha davlatlararo oraliq shartnomasini tayyorlash masalasida tomonlar sezilarli siljishga erishganini bildirgan edi. 

Shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar almashish hajmi keyingi yilda ikki baravarga oshgan va 2017-yil yanvar-may davrida 100,8 mln dollarni tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0