TOShKENT, 22-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi Podrobno.uz.
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga tashrif buyurishi haqidagi jurnalist savoliga elchi ijobiy javob bergan.
"Tomonlar ushbu tashrifga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aniq muddatlar kelishiladi. Tashrif amalga oshadi", – degan elchi.
O‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan bosh vazirlar uchrashuvida Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev sentabrda O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida bildirgandi.