Latviyaga 10 mln dollarlik O‘zbekiston mahsulotlari yetkaziladi

© (AP Photo / Roman KoksarovRiga, Latviya
Riga, Latviya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Latviya biznes-forum davomida ikki davlat vakillari Latviyada O‘zbekiston savdo uyi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Riga shahrida O‘zbekiston-Latviya biznes forumida "Uztreyd" kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 10 mln dollarlik to‘qimachilik, meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha qator shartnomalarni imzoladi.

Navruz v turisticheskom komplekse Etnomir - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yagona eksport brendi - Best in Uzbekistan joriy qilinadi

Sputnik muxbiri Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda, ikki davlat vakillari Latviyada qo‘shma savdo uyini ochishga kelishib olishganini ma’lum qildi. Savdo uyini tashkil etish masalalari bilan "Uztreyd" AJ (O‘zbekiston) va De Fonte Group (Latviya) kompaniyalari shug‘ullanadi.

"O‘zbekiston korxonalari bugungi kunda Latviyaga barra va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, elektr texnikalar, turli to‘qimachilik mahsulotlari, yuqori samarali mineral o‘g‘itlar, kimoviy mahsulotlar, yengil va yuk avtomobillarni samarali va barqaror ravishda yetkazib berish imkoniyatiga ega",- deb ta’kidladi vazirlik matbuot xizmati vakili.

Shuningdek, yangi qo‘shma savdo uyni tashkil etish natijasida Latviya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari bozorlariga O‘zbekiston mahsulotlarining eksport hajmi ko‘payadi.

Bundan tashqari, "Uztreyd" kompaniyasi latviyalik sheriklar bilan birga tashqi savdo yuklarini Yevropa bozorlariga olib chiqishda Liyepae shahridagi logistik terminal orqali amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbilar belgilab oldi. Ushbu shahar Yevropa va xalqaro ahamiyatda bo‘lgan yirik zamonaviy port inftratuzilmalariga ega.

Eslatib o‘tamiz, Latviyaning De Fonte Group kompaniyasi 2008-yilda tashkil etilgan. Kompaniya to‘qimachilik, mashinasozlik va axborot texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 8 ta korxonalarga ega. Shuningdek, bugungi kunda Toshkentda ushbu kompaniyaning biznes markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2017-yilda korxona Chirchiqda elektr velosiped va kvadratsikllarni ishlab chiqarishni boshlagan.

Yangiliklar lentasi
0