TOShKENT, 30 avg — Sputnik. So‘ngi yillarda Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi munosabatlarida yuqorilash va pastlash holatlarini kuzatish mumkin. Davlatlar o‘rtasida suv manbalaridan foydalanish va chegara masalalari bo‘yicha ko‘plab muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Sputnik Tojikiston InoSMIga tayangan holda xabar qildi.
"Suv masalasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanayotgan aholisi uchun o‘ta dolzarbdir. Suv havzalarning aksariyati Tojikiston hududidan boshlanadi", — deb ta’kidlagan nashr.
Elektr energiya ishlab chiqaruvchi yirik gidroelektr stansiyalar barpo etilishi Tojikiston iqtisodiyotining tiklanishiga yordam berar edi.
Lekin bu yondashuvga qo‘shni davlatlar, xususan O‘zbekiston tomonidan e’tirozlar bildirilgan, shuningdek mintaqada yaqinlashuv loyihalarni barbod qilmoqda.
Bunga misol sifatida, yaqinda Tojikiston yer va geodeziya davlat qo‘mitasi rahbari tez vaqtlarda ikki davlat o‘rtasidagi 93 km masofadagi cheraga chizig‘i bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qilgan.
"Chegara bahslari hal etilsa, nafaqat O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida iqtisodiy muammolar o‘z yechimini topar edi, balki ikki xalq, ikki madaniyat o‘rtasida samarali munosabatlar o‘rnatiladi", — deb yozilgan maqolada.
Chegara masalasi hal etilishi davlatlar o‘rtasida munosabatlarni yaxshilanishiga olib kelib, suv boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun zamin yaratadi.