TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Rossiya Afg‘onistondagi vaziyat tufayli vaziyat nostabillashayotgan Markaziy Osiyoda o‘z pozitsiyalarini mutsahkamlamoqda, deb xabar qildi RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu juma kuni bo‘ilb o‘tgan yig‘ilish davomida.
Rossiya Mudofaa vaziri harbiy okgrug qo‘mondonligi Markaziy Osiyo qurollangan kuchlari bilan hamkorlikda amaliy tadbirlar o‘tkazilishiga katta e’tibor qaratayotganini ta’kidlagan.
"Xususan, jangovor tayyorgarlik holatini tekshirish maqsadida joriy yilning iyul oyida tojikistonlik harbiy xizmatchilar bilan o‘q otish va "Uragan" o‘t ochish reaktiv tizimidan foydalangan holda o‘t ochish hamda "Iskander-M" tezkor-taktik raketa majmuasi boshqaruvi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shartli ravishda belgilangan dushman marralari bo‘yicha tezkor-taktik avia zarbalar berildi", — deb xabar qilgan vazir.
Tekshiruvlar natijasida qo‘shinlar o‘quv-harbiy va yagona tezkor holatda topshiriqlarni bajarishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar, deb ta’kidlagan harbiy muassasa rahbari.
"Ikkinchi yarim yillikda, — deb qayd etgan armiya generali Sergey Shoygu, — Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston qurolli kuchlari bo‘linmalari bilan tezkor va jangovor tayyorgarlik holatlri bo‘yicha hamkorlikda tadbirlar rejalashtirilgan".