Kamilov Rog‘un GESi bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini tushuntirdi

© Ofitsialnaya stranitsa press-slujbi prezidenta RT v FacebookEmomali Raxmon na stroitelnoy ploshadke Rogunskoy GES
Emomali Raxmon na stroitelnoy ploshadke Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bizning sukut saqlashimiz - bu pozitsiyamiz o‘zgarib qoldi, degani emas", - dedi Kamilov

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston TIV rahbariga "O‘zbekiston hukumati Rog‘un GESi qurilishi bo‘yicha nega Tojikistonga o‘z munosabatini bildirmayotgani yoki bu sukut — O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi, degan ma’noni bildiradimi?", degan savolni berishdi.

Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon Rog‘un GESi qurilishini nazorat qildi
Savol muallifi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Vaxsh darosi o‘zanini to‘sish uchun shaxsan buldozerga minib, tosh to‘kishda ishtirok etganini eslatib o‘tgan.

"Kim nimaga minadi, bu bizning ishimiz emas", — dedi o‘z javobi avvalida vazir Kamilov.

So‘ngra, O‘zbekistonning Rog‘un GESi qurilishi bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaganini qo‘shimcha qildi.

"Bizning sukut saqlashimiz — bu pozitsiyamiz o‘zgarib qoldi, degani emas". — dedi Kamilov.

Abdulaziz Kamilov yaqinda BMT Amudaryo va Sirdaryo bo‘yicha 2 ta konvensiya taqdim etganini va mintaqadagi suv taqsimotiga yechim topishga qaratilgan ushbu hujjat O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun ma’qulligini aytdi hamda ayni vaqtda Tojikiston bu hujjatni ko‘rib chiqayotganini, Qirg‘iziston esa aniq bir javob bermaganini qo‘shimcha qildi.

Kamilov, shuningdek, agar Tojikiston Rog‘un GESini qurishni istar ekan, bunga O‘zbekiston e’tiroz bildirmasligini, faqat bu yerda har bir tomonning manfaatlari hisobga olinishi, tomonlar o‘zaro kelishib olishlari zarurligini ta’kidladi.

"BMT taklif qilgan konvensiya — mintaqada suv ta’minotini hal etishda eng ma’qul yechim, boshqa alternativa yo‘q. O‘ylaymanki, tez orada bu borada ekspert uchrashuvlarini boshlaymiz", — deb umid bildirdi Abdulaziz Kamilov.

Yangiliklar lentasi
0