TOShKENT, 22 avg — Sputnik. AQSh KXDRga bosim o‘tkazishni bas qilishi lozim, Koreya yarimorolida urush bo‘lish-bo‘lmasligi mana shunga bog‘liq, deb xabar qildi RIA Novosti nashriga Rossiyadagi KXDR ishlari bo‘yicha vaqtinchalik vakil Zin Chjon Xep.
Shimoliy koreyalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, "AQSh aql bilan qaror qabul qilishi va idrok ila fikr yuritishi lozim". "Koreya yarimorolida AQSh bilan urush bo‘lish-bo‘lmasligi aynan shunga bog‘liq", — deb qayd etgan u.
KXDR va AQSh o‘rtasida o‘zaro bo‘ib o‘tgan "qo‘pol ta’kidlar almashuvidan" so‘ng Koreya yarimorolida vaziyat yanada o‘tkir tus oldi. Shimoliy Koreya Amerikaning Andersen aviabazasi hamda Apra-Xarborn harbiy-dengiz bazalari joylashgan Guama hududiga qarata ballistik raketalarni uchirishni va’da qilgan. AQSh prezidenti Donald Tramp esa agar KXDR yetakchisi Guam bilan "nimadir qiladigan bo‘lsa", u holda, Shimoliy Koreya bilan "shu paytgacha hech kim ko‘rmagan hodisa ro‘y beradi", deya va’da bergan.