Inson organlari savdosi uchun 10-yil ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishKamera zaklyucheniya
Kamera zaklyucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, normativ huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida umumiy muhokamaga qo‘yilgan

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi inson tana a’zolarini noqonuniy ko‘chirish va savdo qilish jinoyatini sodir etgan shaxslarga 10-yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llashni taklif qilmoqda. Qonun loyihasi normativ huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida xalq muhokamasiga qo‘yilgan.

Vo vremya operatsii po peresadke donorskoy pochki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda inson tana a’zolarini ko‘chirish haqida qonun loyihasi muhokama qilinmoqda

Qonun loyihasiga ko‘ra, inson tana a’zolarini yoki to‘qimalari ajratib olish va ajratib olishga undagan shaxslarni ozodlikdan cheklash yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llash taklif qilingan.

Og‘irlashtiruvchi holatlarda jinoyatchilarni 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum etish, inson o‘limi holatlarida 8-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash taklif etilgan.

Ushbu hujjat loyihasi 2017-yil 7-sentabriga qadar muhokama qilinadi.

Qonunni 2018-yil 1-yanvardan kuchga kiritish rejalashtirilgan.

Yil oxirigacha O‘zbekistonda 30 ta yangi qonun loyihasi ishlab chiqariladi
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston Jinoyat kodeksida inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish moddasi mavjud bo‘lib, unga ko‘ra ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarga eng ko‘pi bilan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

O‘tgan haftada Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida qonun loyihasi umumuy muhokamaga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu qonunning asosiy maqsadi — zamonaviy fan va tibbiyot yutuqlarini hisobga olgan holda inson organlari, to‘qima va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Yangiliklar lentasi
0