Yil oxirigacha O‘zbekistonda 30 ta yangi qonun loyihasi ishlab chiqariladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Hukumati tomonidan 2017-yilda Oliy Majlis muhokamasiga kiritiladigan 30 ta yangi qonuniy hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. "Mehnat migratsiyasi", "Yarashuv tartibi" va "Davlat xizmati" to‘g‘risidagi qonunlar O‘zbekiston Oliy Majlisi e’tiboriga 2017-yilning ikkinchi yarmida taqdim etiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Hukumat qaroriga asosan.

Hukumat qarorida Oliy Majlis qonunchilik palatasi muhokamasiga 2017-yilda kirititilishi kerak bo‘lgan, qonun loyihalari dasturi tasdiqlangan. Ushbu dastur 30 ta qonun loyihasidan iborat. Ulardan  22 tasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif qilingan va qolgan sakkiztasi davlat boshqaruv organlari tomonidan taklif qilingan huquqiy hujjatlar.

"Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi Oliy Majlis e’tiboriga noyabr oyida taqdim etilishi kerak. Unda O‘zbekiston fuqarolarining chet elda ishga joylashish tartibi va ko‘rinishini, chet eldagi diplomatik vakolatxonalarning mehnat migrantlari bilan ishlash tartibi, fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi va ijtimoiy himoyasi ham nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.

Shuningdek, "Sudgacha yarashish tartibi" to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash ham rejalashtirilgan. Unda fuqaro va xo‘jalik mojarolarini sudgacha hal qilish tartibi belgilangan bo‘lishi kerak.

Denejnie kupuri i moneti Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Investitsiyalar haqida yangi qonun qabul qilinadi

"Davlat xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasida esa, davlat xizmati tizimini tashkil qilish prinsiplari, kadrlar tarkibiga bo‘lgan talablar, davlat xizmatiga kirish, uni o‘tash va tugatish tartibi belgilangan bo‘lishi kerak. Ushbu hujjatni tayyorlash, Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2018 yillarga tasdiqlangan, korrupsiyaga qarshi kurash davlat dasturiga ham kiritilgan.

Dasturga "Ma’muriy jarayonlar to‘g‘risida", "Davlat-xususiy hamkorlik to‘g‘risida", "Nodavlat yollovchi agentliklar to‘g‘risida", "Inson tana a’zolari va to‘qimalarni transplantatsiya qilish to‘g‘risida" kabi qonunlar loyihalari ham kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0