O‘zbekistonda inson tana a’zolarini ko‘chirish haqida qonun loyihasi muhokama qilinmoqda

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishVo vremya operatsii po peresadke donorskoy pochki
Vo vremya operatsii po peresadke donorskoy pochki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunning asosiy maqsadi - zamonaviy fan va tibbiyot amaliyot yutuqlarini hisobga olgan holda inson organlari, to‘qima va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida qonun loyihasi umumuy muhokamaga havola etilgan.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodiy protsessual kodeks loyihasi tayyorlandi

Qonun loyihasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Konun loyihasi 5 bo‘lim, 22 moddadan iborat.

Qonunning asosiy maqsadi — zamonaviy fan va tibbiyot amaliyot yutuqlarini hisobga olgan holda inson organlari, to‘qima va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Qonun loyihasida asosiy tushunchalar qayd etilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlari, transplantatsiya organlarini oluvchi, tayyorlovchi, saqlovchi, transportirovka va transplantatsiya qiluvchi muassasalarga aniqlik kiritilgan.

Shuningdek, transplantatsiya qilinuvchi organlarning sharti va tartibi belgilangan.

Meditsinskiy rabotnik delayet ukol - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati virusli gepatitga qarshi kurashishga 40 mln dollar ajratdi
Transplantatsiya — bu o‘lgan odam yoki tirik donor — o‘zining hayot funksiyalarini bajarishga qodir bo‘lmagan odamlardan yetishmaydigan yoki jarohatlangan organlar, to‘qimalar va (yoki) hujayralarni kasal insonga xirurgik mulojalar yo‘li bilan ko‘chirish yoki manipulyatsiya qilish hisoblanadi.

Inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish uchun retsipiyentning roziligi shartlari keltirilgan. Retsipiyent, shuningdek, tirik donorlarning huquq va majburiyatlariga ham aniqlik kiritilgan.

Qonun loyihasini o‘qib, sohaga daxldor kishilar u haqdagi fikr mulohazalari va takliflarini bildirishlari mumkin.

Ushbu hujjat loyihasi 2017-yil 7-sentabriga qadar muhokama qilinadi.

Qonunni 2018-yil 1-yanvarda kuchga kiritish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0