TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 26-yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi.
Mukofotlanganlar:
"O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi" — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim Gafurov Ibragim Usmanov;
"O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi" — Nazarov Baxtiyar — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim; Negmatov Soyibjon Sodiqovich — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi;
"O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" — Umirov Chori — Mehnat faxriysi, baxshi;
"O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi" — Sadikov Marat Fayziyevich — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" — Madjnunova Rislik Tadjibayevna — "Namangan haqiqati" gazetasi bo‘lim mudiri; Nizayev Timur Tedjiyevich — "Pravda Vostoka" gazetasi bo‘lim mudiri.
Shuningdek, sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Chusovitina Oksana Aleksandrovna "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikka esa Mehnat shuhrati ordeni taqdim etilgan.
Ro‘yxatning to‘liq shakli bilan quyida tanishishingiz mumkin.