Tramp 4 ta davlat fuqarolariga AQSh vizasini berishni cheklamoqchi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta SShA D. Trampa v Parij
Vizit prezidenta SShA D. Trampa v Parij - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh vizasini berish bo‘yicha cheklovlarni qo‘llash yuzasidan takliflar Davlat departamenti tomonidan ko‘rib chiqilmoqda

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 4 ta davlat fuqarolariga viza berish bo‘yicha cheklovlarni joriy qilmoqchi, deb xabar qildi RIA Novosti.

AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Afg‘oniston va Janubiy Osiyodagi vaziyat bo‘yicha o‘z xalqi oldida chiqish qiladi - OAV

Bu boradagi taklif AQSh Davlat departamentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

Bu cheklovlarni Vashington bilan deportatsiya sohasida hamkorlik qilishni rad etib kelayotgan, AQShdan chiqarib yuborilganlarni qabul qilmayotgan yoki ushbu jarayon muddatlarini cho‘zib kelayotgan davlatlarga nisbatan qo‘llash rejalashtirilmoqda.

"Bugungi kunda Bosh kotib ushbu davlat vakillari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Bizning talablarimizga bo‘ysunib, o‘z fuqarolarini olib ketishlarini istaymiz" — deb ta’kidladi Davlat departamenti vakili.

Shuningdek, The Washington Times ma’lumotlariga ko‘ra, bu Kambodja, Eritreya, Gvineya va Syerra-Leon davlatlari haqida fikr bildirilmoqda.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite Gruppi dvadsati v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Tramp AQSh diplomatlarining soni qisqartirilganligi uchun Putinga rahmat aytdi
AQShda noqonuniy migrantlarga qarshi kurashish Trampning saylov oldidan berilgan asosiy va’dalarida biri hisoblanadi. Tramp prezidentlik lavozimiga saylangandan beri AQShdan 167 ming noqonuniy xorijiy migrantlar chiqarib yuborilgan. Ular asosan Meksika fuqarolari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval AQSh hukumati rossiyaliklarga migratsiya vizalarni berishni to‘xtatgan edi. Bu jarayon 1-sentabrdan qayta tiklanadi. Ammo endilikda vizalarni faqat Moskvada AQSh elchixonasida olish mumkin bo‘ladi. Ilgari vizalarni AQShning Sankt-Peterburg, Yekaterinburg va Vladivostokdagi konsullik vakolatxonalar tomonidan berilishi mumkin edi.

Yangiliklar lentasi
0