Tramp AQSh diplomatlarining soni qisqartirilganligi uchun Putinga rahmat aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite "Gruppi dvadsati" v Gamburge
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite Gruppi dvadsati v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 30-iyul kuni Rossiya hukumati tomonidan AQShning 755 nafar diplomatini vataniga qaytarish haqida qaror qabul qilingan

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. AQSh Prezidenti Donald Tramp ilk marta Moskvaning Rossiyadagi diplomatik korpus vakillari sonini qisqartirish haqidagi qaroriga izoh berib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp aybdor: Reks Tillerson iste’fo berishi mumkin

"Men prezident Vladimir Putinga minnatdorlik bildirmoqchiman, chunki biz oylik maosh bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish niyatida edik, Putin esa ko‘plab odamlarimizga javob berib yubordi. Ularning Rossiyaga qaytib borishiga asosli sabab yo‘q", — dedi Amerika prezidenti Donald Tramp.

Lekin AQSh davlat departamenti amerikalik dipmissiya vakillarini qisqartilishiga norozilik bildirgan. Tashqi siyosat idorasi rahbari Reks Tillersonning so‘zlariga ko‘ra, Vashington 1-sentabr kuni javob choralarini qabul qiladi.

Joriy yil iyul oyi yakunida AQSh Kongressi Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qilgan. Yangi cheklovlar yaqin vaqtlardagi Rossiya iqtisodiyotiga nisbatan eng jiddiyi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 30-iyul kuni Putin AQShning 755 nafar diplomatini vataniga qaytarib yuborgan edi. Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 1-sentabrgacha yana 455 diplomatni qo‘yib yuborish taklifini kiritgan.

Yangiliklar lentasi
0