TOShKENT, 21 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Afg‘onistonga qo‘shimcha to‘rt ming nafar harbiy xizmatchilar yuborilishi haqida e’lon qiladi, deb xabar berdi yakshanba kuni CBS telekanali o‘z manbasiga tayangan holda.
Telekanal xabariga ko‘ra, gap terrorchilarga boshpana taqdim etayotgani uchun Pokistonga bosim o‘tkazish haqida boradi.
Ilgariroq Oq uy Tramp dushanba kuni kechqurun Afg‘oniston va Janubiy Osiyodagi ahvol bo‘yicha Amerika xalqi va harbiy xizmatchilari oldida chiqish qilishi to‘g‘risida xabar bergan edi.
Pentagon bo‘lib o‘tadigan bayonot yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan, deb yozadi RIA Novosti.
Shu o‘rinda, AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis unga xorijiy davlatlarga turnesida hamrohlik qilayotgan jurnalistlar bilan suhbatda davlat rahbari boshqa harbiy qo‘mondonlar singari uning ham fikrini inobatga olgani haqida aytib o‘tgan.
Pentagon rahari to‘liqroq izoh berishdan qochib, prezident "o‘zi xalqqa murojaat etishni xohlayotgani" haqida ta’kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Tramp Afg‘oniston masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi.