Mehnat vaziri birinchi o‘rinbosari: O‘zbekistonda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPaxta terimchilari
Paxta terimchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mehnat vazirligi vakillari AQSh delegatsasi e’tiborini respublikada mehnat sohasida barcha xalqaro meyorlar va standartlarga qat’iy amal qilishi, shuningdek, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘maslik borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaratdilar

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida AQSh Senatining Xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad AQSh delegatsiyasini O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirishdir, deb xabar qiladi "O‘zbekiston 24".

Sborshiki xlopka na pole - Sputnik O‘zbekiston
Shifokor va o‘qituvchilarni paxta terimiga jalb qilish ta’qiqlandi
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov bir qator hukumatlararo bitimlar doirasida mehnat migratsiyasi sohasidagi islohotlar izchil kengaytirib borilayotganini bildirdi. "Bugun ishonch bilan aytish mumkinki, respublikamizda mamlakatimiz rahbariyati tashabbusi bilan qisqa muddat ichida tashkiliy mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishishga muvaffaq bo‘lindi", deya ta’kidladi E.Muxitdinov.

Uchrashuv davomida Xalqaro munosabatlar va xalqaro mehnat tashkiloti bilan ishlash shu’basi boshlig‘i B.Alimuxamedov AQSh Senatining Xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi delegatsiyasini odam savdosi, majburiy mehnat masalalarining oldini olish va mehnat muhofazasini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik meyorlari bilan tanishtirdi. Shuningdek, u O‘zbekiston tomonidan xorijda ishlash uchun ketayotgan mehnat migrantlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi. Ushbu chora-tadbirlar ijtimoiy kafolatlar, mehnatga haq to‘lash, shuningdek, migrantlar mehnat faoliyatini olib boradigan mamlakatda O‘zbekiston fuqarolarini ro‘yxatga qo‘yish masalalarini qamrab olishini ta’kidladi.

Paxta zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev paxtani erta muddatlarda yig‘ishtirib olish bo‘yicha yangi qarorni imzoladi

Shu bilan birga, uchrashuv doirasida ishtirokchilar tomonidan odam savdosidek salbiy holatga qarshi kurashish maqsadidagi hukumatlararo va ijtimoiy institutlarning o‘zaro hamkorligining zamonaviy usullari muhokama qilindi. Vazirlik vakillari O‘zbekistonda mehnat sohasida barcha xalqaro meyorlar va standartlarga qat’iy amal qilishi, shuningdek, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘maslik borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga mehmonlarning e’tiborini qaratdi.

Uchrashuv yakunida AQSh Senatining Xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi vakili janob K.MakKari ochiq va samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi. U, shuningdek, AQShda xorijiy stajorlarning texnik o‘quvini tashkil etish bo‘yicha amaliy tajriba mavjudligini aytib o‘tdi. Misol tariqasida 1980-yillarda XXR fuqarolarining kattagina qismi ana shunday o‘quvlarda ishtirok etganini ta’kidladi. Shu ma’noda, Amerika tomoni o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarning Qo‘shma Shtatlarda o‘qishi masalasida qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0