O‘zbekiston nega bolalarni bog‘chaga 3 yoshdan qabul qilmoqda - vazir Inoyatov izohi

© anons.uzXalq ta’limi vaziri - Ulug‘bek Inoyatov
Xalq ta’limi vaziri - Ulug‘bek Inoyatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazir Inoyatovning aytishicha, odamlar davlat sharoit yaratib berishiga ko‘nikib qolgan. Endi esa ota-onalar o‘z kelajaklari haqida o‘zlari qayg‘urmoqlari lozim

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Bog‘chalarga bolalarni 3 yoshdan qabul qilishlari holati ham ekspertlar ham ota-onalar tomonidan ko‘plab negativ izohlar va ta’kidlar bildirilishiga sabab bo‘ldi.

Deti v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Endi bog‘chalarga bolalar uch yoshdan qabul qilinadi
Amaldagi qonunchilikka binoan O‘zbekistonda ayol kishiga ikki yillik dekret ta’tili berilgan. Ilgariroq ayol o‘z farzandini ikki yoshdan so‘ng bolalar bog‘chasiga berishi va ishga chiqishi mumkin edi. Endi esa bu borada jiddiy muammolar yuzaga keladi.

Vazir fikriga ko‘ra, bu holatning ajablanarli tomoni yo‘q, ota-onalar bu muammoni davlat yordamisiz hal etishni o‘rganishlari darkor.

"Biz hammamiz davlat hamma sharoitlarni yaratib berishiga, barcha ta’minotni o‘z zimmasiga olishiga o‘rganib qolganmiz. Biz bozor iqtisodiyoti sharoitida yashayapmiz. Meni fikrimcha, farzand ko‘rishni maqsad qilishdan oldin oila bunga tayyor bo‘lishi kerak. Oila farzand ta’minoti va tarbiyasiga ham moddiy ham ma’naviy tomondan tayyor bo‘lmog‘i lozim", — deb ta’kidlagan Ulug‘bek Inoyatov.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasalariga uch yoshdan qabul — bu xalqaro amaliyot va O‘zbekiston umumjahon tendensiyalar oqimiga rioya etmoqda, xolos.

"Barcha rivojlangan mamlakatlarda bolalar bog‘chasiga qabul uch yoshdan boshlanadi. Bu shunga bog‘liq-ki, uch yoshgacha bolalar tez-tez kasal bo‘lishadi va jamoat joylarga qiyin ko‘nikadilar. Bu yoshgacha bolalar o‘z oilalarida ta’lim-tarbiya olsalar katta ijobiy natija beradi. To‘g‘ri tushuning, ikki yosh bola uchun bog‘chaga boradigan yosh emas, xali erta, u avval ko‘nikishni o‘rganishi kerak", — deb ta’kidlagan vazir.

VOSIQ International School - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi xalqaro maktab va bog‘cha ochildi

Boshqa muammolar qatorida, deb qayd etgan Inoyatov, maktabgacha ta’lim muassasalari o‘ziga xos bo‘lmagan funksiyalarni bajara boshlaganini ajratib ko‘rsatish mumkin.

"Bolalar bog‘chalari vazifasi — ikki yoshli bolalarni parvarishlashdan iborat emas. Ular, birinchi navbatda tarbiya va o‘qitish bilan shug‘ullanishlari kerak. Shu bois, biz boshqa davlatlar tajribasini o‘rganib, bolalarni uch yoshdan qabul qilishga qaror qildik. Bolalar bog‘chasiga kelayotgan bola oddiy o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatishni bilmog‘i lozim. Ikki yoshda esa bola bunday qila olmaydi. Unga qo‘lini yuvishda, hojatga borishda va ovqatlanishida yordam berish talab etiladi", — deb ta’kidlagan Inoyatov.

Yangiliklar lentasi
0