TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Toshkentda yangi xalqaro maktab va bog‘cha ochildi.
VOSIQ International School and Kindergarden – Janubiy Koreyaning Yeoju Institute of Technology instituti tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida ta’lim beradi.
Yangi maktab bolalarga zamonaviy jihozlangan binolar, xavfsiz hudud, basseyn, 3-martalik ovqat va sport maydonchalari taklif qilmoqda. Undan tashqari maxsus avtobuslar bolalarni har kuni uyidan olib keladi va olib borib qo‘yadi.
Maktab Dombrobod ko‘chasida, Singapur instituti yaqinida joylashgan.
Bir necha kun oldin xalqaro press-klubda chet elda ishlayotgan yuqori malakali mutaxassislarning O‘zbekistonga qaytishi uchun nimalar yetishmayotgani muhokama qilingan edi. O‘shanda yetishmayotgan sharoitlardan biri sifatida, xalqaro maktablarning yetishmayotganligi aytib o‘tilgan edi.