Endi bog‘chalarga bolalar uch yoshdan qabul qilinadi

© Press-slujba ministerstva narodnogo obrazovaniya RUzDeti v detskom sadu
Deti v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 19-iyuldagi "Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida" qarorida belgilangan.

Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Xalq ta’limi vaziri yangi o‘quv yilidagi muhim o‘zgarishlar haqida aytib berdi

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadilar. Hozirga qadar maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish 2-6 yoshni tashkil qilgan, alohida holatlarda 7 yoshgacha qatnashga ruxsat berilgan edi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi:

bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;

bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish hisoblanadi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, 12 soatli, 10,5 soatli, 9 soatli va 4 soatli ish tartibi joriy etiladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim muassasasida (yoki alohida guruhi) 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadilar. Hozirga qadar maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish 2-6 yoshni tashkil qilgan, alohida holatlarda 7 yoshgacha qatnashga ruxsat berilgan edi.

Zamestititel ministra Sa’dullayev posetil detskiy dom v Navoinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Vazir o‘rinbosari Sa’dullayev mehribonlik uyi muammolarini o‘rgandi
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan tashkil etilgan xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari huzuridagi Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi tomonidan yo‘llanma asosida amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni meyori kamida 20 nafar bo‘lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv yili har yili 2-sentabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1-iyunida tugallanadi va yangi o‘quv yili boshlangunga qadar sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi.

Yangiliklar lentasi
0